Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik tennischilar 2024 yilgi Olimpiadada kumush medalni qo‘lga kiritdi
Tennischilar Mirra Andreyeva va Diana Shnayder Parijdagi Olimpiya o‘yinlarining juftlik bahslarida final uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi. Bu rossiyaliklar uchun 2024 yilgi Olimpiadadagi ilk medaldir.
Rossiyalik tennischilar Mirra Andreyeva va Diana Shnayder 4 avgust, yakshanba kuni Parijdagi Olimpiada o‘yinlarining juftlik bahslarida final uchrashuvida mag‘lub bo‘ldi va yakunda kumush medalni qo‘lga kiritdi. Ularga italiyalik Jasmin Paolini va Sara Errani qarshilik ko‘rsatdi. Bu rossiyalik sportchilar uchun 2024 yilgi Olimpiadadagi ilk medaldir.
Birinchi set 6:2 hisobida rossiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Keyingi setda ular bir qator xatolarga yo‘l qo‘yishdi, Paolini va Errani esa yirik hisobda g‘alabaga erishdi (6:1). Uchrashuvning keskin kechgan final qismi 10:7 hisobida italiyaliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
17 yoshli Mirra Andreyeva 1992 yildan beri tennis bo‘yicha eng yosh Olimpiya o‘yinlari sovrindori bo‘ldi. Juftlik bahslarida chorak va yarim final o‘yinlarida rossiyaliklar Chexiya va Ispaniya tennischilarini birorta ham setni boy bermay mag‘lub etishdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025