Somali poytaxtidagi teraktda 32 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab odamlar jarohatlandi
Sohilda xudkush-terrorchi o‘zini portlatgan, yana bir necha jangari mehmonxonada o‘t ochgan.
Somalining poytaxti Mogadishoda sodir bo‘lgan portlash va otishmada 32 kishi halok bo‘ldi, 63 kishi yaralandi.
«Ash-Shabob» terrorchilari Mogadishodagi Beach View mehmonxonasi va Lido plyajiga hujum qildi, deb xabar berdi poytaxt politsiyasi matbuot xizmati.
Xudkush-terrorchi plyajdagi olomon orasida o‘zini portlatib yuborgan va o‘sha paytda yana bir necha jangari mehmonxonada o‘t ochgan, deya ta’kidladi matbuot xizmati.
Xavfsizlik kuchlari tun bo‘yi jinoyatchilarni ta’qib qildi. Politsiyaning ta’kidlashicha, terakt katta vahima va tartibsizlikni keltirib chiqardi.
Internetda tarqatilgan kadrlar mehmonxona majmuasi hududidagi portlashdan so‘ng o‘lganlarning jasadlari hamma joyda yotganini ko‘rish mumkin. Hujum uchun javobgarlikni «Ash-Shabob» terror tashkiloti o‘z zimmasiga oldi.
Mavzuga oid
16:13 / 20.11.2024
«Krokus»da terakt sodir etganlikda ayblanayotganlar yana 3 oy hibsda qoladi
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
22:10 / 25.10.2024