Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tehron: Isroil «qizil chiziq»ni kesib o‘tgani uchun javob beradi
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bageri Pokiston tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot qildi.
Isroil Falastinning HAMAS harakati siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyani Tehronda o‘ldirish orqali Eron bilan «katta qizil chiziqni kesib o‘tdi». Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ali Bagiriy Pokiston tashqi ishlar vaziri Muhammad Ishoq Dar bilan telefon orqali muloqoti chog‘ida aytib o‘tdi.
Eron Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Bageri Eron tomoni Tel-Aviv harakatlariga «qat’iy javob» berishi haqida ogohlantirgan.
Diplomat Haniya Tehronda Eron tomoni mehmoni sifatida bo‘lganini eslatdi.
Uning ta’kidlashicha, Isroil hujumlari ko‘lami kengaygan va hozir Yaman, Livan va Tehronni qamrab olgan.
Eron diplomati islom dunyosi davlatlarini Isroilning mintaqadagi barqarorlikni izdan chiqaradigan va xavfsizlikka putur yetkazuvchi tajovuzkor harakatlari kuchayishiga qarshi turishga chaqirdi.
Bageri musulmon davlatlari vakillarining favqulodda yig‘ilishini o‘tkazishni ham taklif qildi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025