Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IHT Isroilga Hamas yetakchisi o‘limi uchun javobgarlikni yukladi
IHT tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha e’lon qilingan deklaratsiyada aytilishicha, Haniyaning o‘ldirilishi Eron suvereniteti va milliy xavfsizligiga «xavfli hujum»dir.
Islom hamkorlik tashkiloti Tehronda Hamas siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniyaning o‘ldirilishi uchun Isroilni mas’ul deb hisobladi va bu Eron suvereniteti va milliy xavfsizligiga «xavfli hujum» ekanini aytdi.
Bu haqda Jiddada IHT ijroiya qo‘mitasining tashqi ishlar vazirlari darajasidagi navbatdan tashqari yig‘ilishi yakuniy deklaratsiyasida aytiladi.
Yakuniy deklaratsiyada IHT Tehronda Hamas yetakchisining o‘ldirilishini keskin qoraladi.
Deklaratsiyada aytilishicha, qotillik xalqaro huquq va BMT nizomini ochiqdan ochiq buzgan.
«Bu Eron suvereniteti, hududiy yaxlitligi va milliy xavfsizligiga xavfli hujumdir», — deyiladi hujjatda.
Deklaratsiyada BMT Xavfsizlik kengashi Isroilning G‘azo sektoriga hujumlarini to‘xtatish hamda G‘azo sektori barcha qismlariga yetarli va barqaror insonparvarlik yordamini yetkazish mas’uliyatini o‘z zimmasiga olishga chaqiradi.
«Falastin hududlaridagi Isroil mintaqadagi tinchlik va barqarorlikka putur yetkazmoqda. Bu holat BMT Xavfsizlik kengashining xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha mas’uliyati doirasida shoshilinch va samarali aralashuvni talab qiladi», — deyiladi hujjatda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:33 / 27.05.2025
Uitkoff: Hamas Isroil bilan sulh bo‘yicha kelishuvni rad etdi
20:40 / 26.05.2025
Uitkoff HAMAS o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor degan da’volarni rad etdi
19:43 / 26.05.2025