Microsoft: Eron guruhlari AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun kiberfaoliyatni kuchaytirdi
Microsoft tahdidlarni tahlil qilish markazi AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qaratilgan kiberhujumlar haqida hisobot e’lon qildi.
Microsoft Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlangan ayrim guruhlar AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazish uchun kiberfaoliyatini kuchaytirganini bildirdi.
Microsoft tahdidlarni tahlil qilish markazi AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga qaratilgan kiberhujumlar haqida hisobot e’lon qildi.
Hisobotda aytilishicha, Eron AQShdagi saylovlar vaqtida «kibermakondan ta’sir qilish amaliyotlarini» amalga oshirgan.
Unda Eron AQSh saylovlariga ta’sir o‘tkazishga qaratilgan kiberfaoliyatini kuchaytirgani ta’kidlangan.
Hujjatda qayd etilishicha, ba’zi Eron guruhlari hukumat amaldorlarining elektron pochta akkauntlariga kiberhujumlar uyushtirgan.
Hisobotda aytilishicha, Islom inqilobi muhofizlari korpusiga aloqador guruh iyun oyida maxfiy ma’lumotlarni yig‘ish uchun «prezidentlik kampaniyasida ishtirok etgan yuqori lavozimli amaldorni» nishonga olgan.
Hisobotda yana bir eronliklar guruhi sobiq prezidentlikka nomzodning akkauntiga kirishga uringani, biroq Microsoft foydalanuvchini bu haqda xabardor qilgani uchun ular bunga erisha olmagani ta’kidlangan.
Hisobotda, shuningdek, Eron guruhi «qutblanishni kuchaytirish» maqsadida AQShda joylashgan ikki siyosiy guruh uchun axborot saytlari bo‘lib ko‘ringan veb-saytlar yaratgani aniqlangan.
Mavzuga oid
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44 / 13.11.2024