Jahon | 22:55 / 12.08.2024
6242
2 daqiqa o‘qiladi

Eron Isroilga 24 soat ichida zarba berishi mumkin - Fox News

AQSh telekanali o‘z manbalariga tayanib, Eron yaqin 24 soat ichida hujum qilishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

Foto: Reuters

Eronning Isroilga hujumi yaqin 24 soat ichida sodir bo‘lishi mumkin, deb xabar berdi Fox News 12 avgust kuni manbalarga tayanib.

«Eron va uning ittifoqchilarining zarbasi 24 soatdan kamroq vaqt ichida boshlanishi mumkin», deyiladi xabarda.

«Yaqin Sharqdagi ekspertlar hamma narsa muhim nuqta tomon ketayotganiga amin», deb qo‘shimcha qiladi Fox News.

Avvalroq AQSh, Qatar va Misr yetakchilari HAMAS va Isroilni 15 avgust kuni G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqirgan edi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi Isroil delegatsiyasi muzokaralarda ishtirok etishini ma’lum qildi. Bir kun avval HAMAS ularda ishtirok etishdan bosh tortayotganini e’lon qilgan edi.

Iyul oyi oxirida Tehronda HAMAS siyosiy byurosi raisi Ismoil Haniya va Bayrutda «Hizbulloh» yetakchisining katta maslahatchisi Fuad Shukr o‘ldirilganidan keyin Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi. Eron va «Hizbulloh» ularning o‘limi uchun Isroildan qasos olishga va’da berishdi.

Mavzuga oid