Ukraina va Rossiya chegarasida janglar davom etmoqda. Urush suratlari
Ukraina qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi yurishi sekinladi. RF armiyasi Sumi oblasti bo‘ylab zarbalar yo‘llamoqda
Ukrain qo‘shini Kursk oblastida 6 avgust kuni boshlangan harbiy amaliyotni davom ettirmoqda.
Bunga javoban RF armiyasi Ukrainaning Sumi oblastiga (u Kursk oblasti bilan chegaradosh). Xususan, 8 avgust kuni Sumi oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Volodimir Artyux o‘tgan bir kun davomida rossiyalik harbiylar o‘zi uchib boruvchi aviabombalar (KAB) bilan Shostka, Konotop, Sumi va Axtirskiy rayonlariga 56 bor zarba yo‘llagan.
«Bir kun davomida Sumiga KABlar bilan bunchalik ko‘p zarba yo‘llanishini hali ko‘rmagandim», — degan Artyux. Uning ma’lumotiga ko‘ra, chegaradan 7 kilometr masofada joylashgan Mogritsada zarba oqibatida 22 yoshli ayol va uning singlisi halok bo‘lgan.
Keyingi kuni, 9 avgustda, Rossiya mudofaa vazirligi uch tonnalik FAB-3000 bombasi bilan Ukraina quroli kuchlarining Sumi oblasti rayonlaridan biridagi vaqtincha joylashuv punktiga zarba yo‘llagan (vazirlik bu zarba aynan qaysi rayonga yo‘llanganiga aniqlik kiritmagan). Bu hujum oqibatlari to‘g‘risida ham ma’lumot yo‘q.
Quyida Ukraina va Rossiyaning chegaradosh regionlarida bo‘layotgan voqealar aks etgan suratlar.
Kursk oblastiga yurishning bir haftasi
Ukraina qo‘shini Rossiya hududida ilgarilashda davom etmoqda.
11 avgustga o‘tar kechasi Ukraina qurolli kuchlari diversiya-razvedka guruhi Kursk oblastining yana bir rayoni — Belovskiyga kirib bordi. Unga qo‘shni bo‘lgan Belgorod oblasti Krasnoyarujskiy rayonida aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlangan, mahalliy rasmiylar buni «dushmanning chegaradagi faolligi» tufayli «ko‘chish» deb atadi. Belovskiy va Krasnoyarujskiy rayonlari Ukrainaning Sumi oblasti bilan chegaradosh rayonlar hisoblanadi. Quyida ukrainlarning Sumi oblasti hududida, Rossiya bilan chegara yaqinidagi harbiylari va texnikalari aks etgan suratlar keltirilgan. G‘arb nashrlariga ko‘ra, Kursk oblastidagi amaliyotda «minglab» ukrain harbiylar ishtirok etmoqda.
Chegaradagi janglar fonida Rossiya va Ukraina tinch aholi vakillarini evakuatsiya qilmoqda. Rossiya tomonda — Kursk oblastida, Ukrainada — Sumi oblastida
Ukrainaning Kursk oblastidagi yurishiga javoban Rossiya armiyasi Ukrainaning Sumi oblastiga zarba berishni faollashtirdi, RF mudofaa vazirligi bu hududdagi Ukraina qurolli kuchlari zaxiralarini o‘qqa tutayotganini ma’lum qilgan. Bu fonda Sumi oblastida ham, Kursk oblastida ham chegara yaqinidagi qishloqlardan aholini evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.
Kursk oblastida aholi ko‘p hollarda xavfli hududlarni mustaqil ravishda tark etmoqda, bu haqda ularning o‘zi ham Vladimir Putinga yo‘llangan videomurojaatda aytib o‘tishgan. Shu bilan birga, Rossiya hukumati bir necha marta evakuatsiya o‘tkazilayotgani to‘g‘risida xabar bergan. 8 avgust kuniyoq bosh vazir Mixail Mishustin hukumat yig‘ilishida odamlar «yashash joylari xavfsiz bo‘lmay qolgani» tufayli qo‘shni regionlarga evakuatsiya qilinishi haqida gapirgandi. O‘sha kuni Rilsk rayoni ma’muriyati rahbari telegram-kanal orqali aholini mustaqil tarzda yoki ma’muriyat taqdim etgan avtobuslarda evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi, ammo keyin o‘z postini o‘chirib yubordi.
Rossiya FVV 9 avgust kuni Kursk oblastida federal miqyosda favqulodda holat rejimi joriy etdi va «vazirlik xodimlari aholiga evakuatsiya ishlarida yordam berishi»ni ma’lum qildi. Rilskda Glushkovskiy, Rilskiy va Korenevskiy rayonlaridan olib chiqiladiganlar uchun evakuatsiya punkti tashkil etildi. Bu vaqtda harbiy harakatlar ichida qolgan Sudjanskiy rayonda evakuatsiya ishlari otishmalar tingan vaqtda olib boriladi, degan rayon rahbari TASS muxbiriga.
Ukrainaning Sumi oblasti rasmiylari 8 avgust kuni Sumining beshta rayonidagi 23 ta aholi yashash punktlaridan majburiy evakuatsiya ishlari boshlanganini ma’lum qildi: Krasnopolskiy, Nikolayivskiy, Miropolskiy, Yunakovskiy va Xotinskiy. Ukraina hukumati bayonotiga ko‘ra, bu obshchinalarning barchasi Rossiya qo‘shini zarbalari xavfi ostida qolgan.
Ukrainadagi evakuatsiya
Rossiyadan evakuatsiya
Mavzuga oid
22:23 / 21.11.2024
Rossiya «Rubej»ni ishga soldi. Bu raketa yadroviy kallakni ham olib ucha oladi
21:52 / 21.11.2024
Zalujniy: «Xush kelibsan, uchinchi jahon urushi»
16:43 / 21.11.2024
Rossiya Ukrainaga qit’alararo ballistik raketa bilan hujum qildi - UHK
15:39 / 21.11.2024