Jamiyat | 18:36 / 12.08.2024
8453
1 daqiqa o‘qiladi

Zomindagi osma dor yo‘li 18 avgustgacha yopildi

Turizm obektida profilaktika ishlari olib boriladi.

Foto: Turizm qo‘mitasi

Jizzax viloyatining Zomin tumanida joylashgan «Zomin» turistik-rekreatsion zonasidagi osma dor yo‘li 12 avgustdan 18 avgustgacha ishlamaydi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi xabar berdi.

«Osma dor yo‘li faoliyati sayyohlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bir yilda bir marotaba o‘tkaziladigan profilaktika ishlarini olib borish uchun vaqtincha to‘xtatilishini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Osma dor yo‘li 2023 yil avgustida ochilgan. Uning uzunligi 2102 metr bo‘lib, 12 ta minorali 11 ta ustunga ega va soatiga 1200 sayyohga xizmat ko‘rsatadi. 133,3 mlrd so‘mlik loyiha Shveytsariyaning Bartolet kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan.

Mavzuga oid