Ukraina bosh qo‘mondoni Kursk viloyatidagi olg‘a siljish haqida ma’lum qildi
Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Sirskiy Ukraina prezidentiga bergan hisobotida Rossiya qo‘shinlarining Sudjada mag‘lubiyatga uchragani haqida ma’lum qildi. “Axmat” qo‘mondoni Ukraina Qurolli kuchlari shaharni nazorat qilmayotganini bildirdi.
Ukraina qo‘shinlari Rossiya Federatsiyasining Kursk viloyati hududidagi Sudja shahrida hujum operatsiyasini davom ettirmoqda, «dushmanni qidirish va yo‘q qilish» yakunlandi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy ma’lum qildi, 14 avgust, chorshanba kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning Telegram-kanalida uning hisoboti aks etgan video chop etildi.
«Bir sutka ichida qo‘shinlar ma’lum yo‘nalishlarda bir kilometrdan ikki kilometrgacha oldinga siljishdi», - dedi Sirskiy. Uning qo‘shimcha qilishicha, chorshanba kunidan beri Ukraina kuchlari Kursk viloyatida 100 dan ortiq rossiyalik harbiy xizmatchini asirga olgan.
Ayni paytda, “Axmat” maxsus kuchlari qo‘mondoni Apti Alaudinov 14 avgust kuni Ukraina qo‘shinlari Sudja shahri ustidan nazorat o‘rnatmaganini aytdi. «U yerda har kuni faol to‘qnashuvlar bo‘lyapti, dushman Sudjani to‘liq nazorat qilyapti, deb ayta olmaydi, chunki u haqiqatan ham uni nazorat qilmayapti», dedi u «Birinchi kanal» efirida.
12 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlarining BRAVO Team maxsus bo‘linmasi Sudja shahri Ukraina kuchlari nazoratiga o‘tgani haqidagi ikkita videoni e’lon qildi. Ukraina va Rossiya Federatsiyasi rasmiylari bu bayonotlarga izoh bermadi.
Ukraina Qurolli kuchlarining Kursk oblastidagi hujumi
Ukraina Qurolli kuchlari 6 avgust kuni Rossiyaning Kursk oblastiga hujum boshladi. Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy 12 avgust kuni Ukraina armiyasi qariyb 1000 kvadrat kilometr Rossiya hududini nazorat qilayotganini aytdi. Janglar Korenev va Sudja rayonlari hamda Belovskiy rayonida davom etmoqda.
Ukraina rasmiylari ko‘p sonli rossiyalik harbiylar asirga olinganini da’vo qilmoqda. Zelenskiy uning mamlakati «almashinuv fondini to‘ldirayotganini» ta’kidladi. 13 avgust kuni kechki videomurojaatida u «yuzlab rossiyalik harbiylar allaqachon taslim bo‘lganini» ta’kidladi. Shu bilan birga, «ularning barchasiga insonparvarlik bilan munosabatda bo‘linadi - ular hatto o‘zlarining Rossiya armiyasida ham bunday munosabatni ko‘rmagan», dedi Ukraina prezidenti.
Mavzuga oid
20:14 / 24.11.2024
Rossiya armiyasining «Janub» qo‘shinlar guruhi qo‘mondoni lavozimidan chetlatildi
19:21 / 24.11.2024
FT: Rossiya yuzlab yamanliklarni Ukrainaga qarshi urushga yolladi. Ular shartnoma imzolashga majburlanmoqda
15:06 / 24.11.2024
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi - Reuters
14:22 / 24.11.2024