Jamiyat | 17:00 / 16.08.2024
2634
3 daqiqa o‘qiladi

“Tenge24 bilan orzular ro‘yobi” aksiyasi

Tenge Bank mobil ilovasida pul o‘tkazmalari uchun Apple gadjetlarini yutib olish mumkin bo‘lgan aksiyani boshladi.

Foto: Tenge Bank

Tenge Bank 13 avgust kuni “Tenge24 bilan orzular ro‘yobi” aksiyasini boshlagan bo‘lib, uning shartlariga ko‘ra, Tenge24 mobil ilovasi mijozlari va foydalanuvchilari iPhone 15 Pro smartfoni, AirPods 3 quloqchini va Apple Watch 9 soatini yutib olish imkoniyatiga ega.

Aksiyada ishtirok etish uchun Tenge24 mobil ilovasini yuklab olish va o‘rnatish, identifikatsiyadan o‘tish, shuningdek, boshqa bankning kartasiga kamida beshta pul o‘tkazmasini oshirish lozim.

O‘tkazmalarning umumiy miqdori oyiga kamida besh million so‘mni tashkil etishi kerak. O‘tkazma Tenge24 ilovasiga biriktirilgan bank kartasidan amalga oshirilishi zarur.

2024 yil 31 dekabrgacha Tenge24'da o‘tkazmalar uchun komissiya undirilmaydi, bir foydalanuvchiga bepul o‘tkazmalar bo‘yicha oylik limit – 10 million so‘m.

“Biz har doim xizmatlarimizni mijozlar uchun yanada qulayroq qilishga intilamiz. "Tenge24 bilan orzular ro‘yobi" aksiyasi foydalanuvchilarning ishonchi va faolligi uchun rag‘batlantirish usulidir. Har bir o‘tkazma bu sizning orzungizga bir qadam yaqinroq", - deb ta’kidladi Romi Mustafayeva, Tenge Bank jismoniy shaxslarga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatish boshqarmasi boshlig‘i.

Sovrinlar o‘yini har oy jonli efirda, Tenge Bank'ning Instagram va Facebook ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalarida bo‘lib o‘tadi. G‘oliblar tasodifiy sonlar generatori yordamida aniqlanadi. 2024 yil sentabrdan dekabrgacha o‘tkazilgan o‘yin yakunlari bo‘yicha oyiga yetti nafar g‘olib aniqlanadi. Omadlilardan biri iPhone 15 Pro smartfonini, uch nafari – AirPods 3 quloqchinini, yana uch nafari esa Apple Watch 9 soatini qo‘lga kiritadi. Aksiya o‘tkazish muddati 2024 yil 15 dekabrgacha.

Tenge Bank bilan omadingizni sinab ko‘ring!

“Tenge24 bilan orzular ro‘yobi” aksiya qoidalari haqida batafsil ma’lumot vebsahifa orqali.

______________

Tenge Bank zamonaviy bank texnologiyalaridan foydalangan holda barcha toifadagi korporativ va chakana mijozlarga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatadigan universal bankdir. Bank Qozog‘iston Xalq Bankining (Halyk Bank) shu’ba korxonasi hisoblanadi.

Halyk Bank Qozog‘istondagi eng yirik tizimni tashkil etuvchi banklardan biri bo‘lib, Halyk Group tarkibiga kiradi va Markaziy Osiyodagi yetakchi moliya institutlaridan biri bo‘lib, keng mijozlar bazasi va mavjudlik tarmog‘iga ega.

Halyk Group chakana va korporativ mijozlarga, kichik va o‘rta biznesga bank xizmatlarining to‘liq spektrini taklif etadi. Halyk Group Gruziya va O‘zbekistonda ham faoliyat yuritadi

E-mail | Vebsahifa | Facebook | Instagram | Telegram

Mavzuga oid