Jahon | 18:25 / 16.08.2024
21192
7 daqiqa o‘qiladi

Ukraina Kursk oblastida «yuzlab harbiylar» asir olinganini e’lon qildi - fotosuratlar

Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidagi yurishni davom ettirmoqda

Ukraina qurolli kuchlari Kursk oblastidagi amaliyotini davom ettirmoqda. «Biz davom etamiz. Turli hududlarda kuniga birdan ikki kilometrgacha», deya yozgan o‘z telegram-kanalida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy. Ukraina reintegratsiya vaziri Ukraina hududiga evakuatsiya bo‘lishni istagan yoki insonparvarlik yordamlariga muhtoj bo‘lgan kurskliklar uchun 24 soat davomida ishlaydigan ishonch telefonlarini yo‘lga qo‘ygan va ularga «zarur himoya va gumanitar yordam» ko‘rsatilishini va’da qilgan. «Meduza» 14 avgust kuni Sumi oblastida — Rossiya bilan chegara hududida olingan fotosuratlarni namoyish etdi.

Ukrain harbiylarining Humvee avtomobili Rossiya bilan chegaradagi vayrona holga kelgan nazorat-o‘tkazish punkti oldidan o‘tmoqda
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Sumi oblastida Ukraina-Rossiya chegarasida vayron bo‘lgan nazorat-o‘tkazish punkti
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Sumi oblastidan Rossiya hududiga o‘tish joyida yonib ketgan avtomobili va zirhli mashinasi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Sumi oblastining chegara hududidagi ukrainalik harbiylar
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya bilan chegara yaqinida ukrain harbiylari tanki
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
Viacheslav Ratynskyi / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrain nashrlarida asir tushgan rossiyalik harbiy xizmatchilarning fotosuratlari e’lon qilindi. Ukraina xavfsizlik xizmatiga ko‘ra, Kursk oblastida bir kunda 102 kishi qo‘lga olingan

Ukraina xavfsizlik xizmati maxsus topshiriqli bo‘linmalari jangchilari 14 avgust kuni Kursk oblastida 102 nafar rossiyalik harbiy xizmatchini qo‘lga olgan. Ukrainadagi nashrlar va «Xochu jit» proyekti asirlarning fotosuratlarini namoyish etdi — bu suratlarda RF qurolli kuchlari 488-gvardiyachi motoo‘qchilar polki hamda «Axmat» brigadasi bo‘linmalari jangchilari aks etgan.

Ukraina hududida olib ketilayotgan rossiyalik harbiy asirlar
Roman Pilipey / AFP / Scanpix / LETA
«Xochu jit» proyekti
«Xochu jit» proyekti
«Xochu jit» proyekti
«Xochu jit» proyekti

Ukraina nashrlarining maxsus xizmatlardagi suhbatdoshlariga ko‘ra, bu keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon bir harakatda eng ko‘p miqdorda rossiyalik harbiylar asir olinishi bo‘lgan.

«Ukraina xavfsizlik xizmatining „A“ Markaziy maxsus amaliyotlar xizmati jangchilari dushmanning har tomondan betonlangan va yaxshi mustahkamlangan — yerosti aloqa yo‘llari va shaxsiy tarkib yashashi uchun     yotoqxonalar, oshxonalar, qurollar ombori va hatto yuvinish xonasiga ega tayanch punktini egalladi va tozaladi. Keragidan ortiq oziq-ovqat va o‘q-dorilari bo‘lgan dushman taslim bo‘lmoqchi emasdi», — deya manbaning so‘zlarini keltiradi «Ukrainskaya pravda».

«Xochu jit» proyekt qo‘llari ortga bog‘langan holda yuztuban yotgan harbiy xizmatchilar aks etgan videoni ham namoyish etgan. Xabar qilinishicha, rossiyalik harbiylarni komandirlari tashlab ketgan, shu tufayli ular «to‘g‘ri qaror qabul qilishgan va asir tushishgan».

14 avgust kuni ham Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Oleksandr Sirskiy ukrain harbiylari «Kursk oblastida kun boshlanganidan buyon 100 dan ortiq harbiy asir olingani»ni aytgandi.

Kursk oblastida asir olinib, asirlarni saqlash markazlariga joylashtirilgan rossiyalik harbiylar

FT nashri bilan suhbatda ukrainalik mulozimlar va harbiylarning ma’lumot berishicha, Ukraina qurolli kuchlarining 6 avgust kuni boshlangan amaliyoti davomida «yuzlab» rossiyalik asirga tushgan. «Vajniye istorii» aniqlashicha, ular orasida kamida 25 nafar muddatli harbiy xizmatga chaqirilganlar bor. Rossiya hukumati vakillari hozircha asirga tushgan harbiylar to‘g‘risidagi xabarlarga munosabat bildirmadi, ammo, FT yozishicha, Rossiya allaqachon Ukraina bilan asirlar almashuvi bo‘yicha muzokaralarni boshlagan. Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi boshlig‘i Kirill Budanov Ukraina tomoni bo‘lg‘usi almashuvlar doirasida birinchi navbatda og‘ir yaradorlar va og‘ir bemorlarni, ayollar hamda uzoq vaqtdan buyon asirlikda qolayotganlarni, jumladan «Azovstal» mudofaachilari hamda qrim-tatarlarni qaytarishni rejalashtirayotganini aytgan. Rossiyalik asirlar ham maxsus markazlarda almashuvni kutmoqda. «Meduza» Kursk oblastida asir tushganlar saqlanayotgan shunday markazlardan birida olingan fotosuratlarni taqdim etdi.

Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images
Viktor Fridshon / Global Images Ukraine / Getty Images

Mavzuga oid