Boku Armaniston Naxchivondagi Ozarboyjon pozitsiyalarini o‘qqa tutgani haqida xabar berdi
Hodisa 16 avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 03:20 da sodir bo‘lgan.
Ozarboyjon armiyasining pozitsiyalari yana Armaniston qurolli kuchlari tomonidan o‘qqa tutildi. Bu haqda Ozarboyjon Mudofaa vazirligi xabarida aytiladi.
Xabarda aytilishicha, hodisa 16 avgust kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 03:20 da sodir bo‘lgan.
Idora aniqlik kiritishicha, Ozarboyjon armiyasining Ozorbayjon Naxchivon Muxtor Respublikasi Sadarak tumani yo‘nalishida joylashgan pozitsiyalariga o‘q uzilgan.
Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Ozarboyjon armiyasining bo‘linmalari ushbu yo‘nalishda tegishli javob choralarini ko‘rganini ma’lum qildi.
Bir kun avval ham Ozarboyjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlari Ozarboyjon armiyasining Naxchivon Muxtor Respublikasidagi pozitsiyalarini o‘qqa tutgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga oid
09:50
Toshkentda O‘zbekiston-Ozarboyjon maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
20:33 / 18.09.2024
Armanistonda davlat to‘ntarishiga urinishning oldi olindi
00:10 / 10.09.2024
Armaniston Yevropa Ittifoqi bilan vizasiz rejim bo‘yicha muzokaralarni boshladi
22:04 / 03.09.2024