Jahon | 10:28 / 17.08.2024
2973
2 daqiqa o‘qiladi

Isroil armiyasi Xon-Yunusdagi aholi turar joy mavzesini vayron qildi

Qatar davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy nomi bilan atalgan, 2500 xonadonni o‘z ichiga olgan Hamad mavzesi 2012 yilda qurilgan.

Foto: AP

Isroil armiyasi G‘azo sektori janubida Xon-Yunusdagi binolarga havodan zarba berdi.

Mahalliy manbalardan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil samolyotlari tinch aholiga tegishli binolarga zarba yo‘llagan.

Hujumlar natijasida binolar butunlay vayron bo‘lgan va voqea joyidan quyuq tutun ko‘tarilgan. Qurbonlar va jarohatlar haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Juma kuni Isroil armiyasi matbuot kotibi Avichay Adrai o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi xaritani e’lon qildi va Dayr al-Baloh shahri sharqidagi hududlarni hamda Xon-Yunusdagi Al-Qarara, Al-Mavasi, Jala, Hamad, Nasr mavzelarini evakuatsiya qilishni talab etdi. 

Shunisi e’tiborga loyiqki, Adrai taqdim etgan xaritada Isroil «xavfsiz hudud» deb e’lon qilgan va 1 milliondan ortiq ko‘chirilgan falastinliklar boshpana topgan Mavasi qismlari ham bor. 

Qatar davlatining sobiq amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy nomini olgan, 2500 xonadonga ega Hamad mavzesi 2012 yilda G‘azoni qayta qurish dasturi doirasida Dohadan 407 million dollarlik xayriya hisobidan barpo etilgan. 

Mavzuga oid