OAV: Isroil Eron yaqin vaqt ichida hujum qilishini kutmoqda
Bu masala vazirlar mahkamasining kechagi majlisida siyosiy arboblar va xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida muhokama qilindi.
Isroil xavfsizlik organlari rasmiylari hukumatni Eron va «Hizbulloh» tomonidan yaqin kelajakda hujum uyushtirilishi mumkinligi haqida xabardor qilgan.
Bu haqda Isroilning «12-kanal»i xabar berdi.
Telekanal xabariga ko‘ra, bu masala vazirlar mahkamasining kechagi majlisida siyosiy arboblar va xavfsizlik xizmati xodimlari ishtirokida muhokama qilingan.
Ayni paytda, Isroil armiyasi mamlakat shimolida Livanning «Hizbulloh» harakatiga tegishli uchuvchisiz uchoq urib tushirilganini ma’lum qildi.
Bayonotga ko‘ra, UUA Beyt-Jin hududida tutib olingan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q.
Mavzuga oid
18:30 / 22.09.2024
Isroil Livandagi peyjyerlar portlatilishiga birinchi marta izoh berdi
16:57 / 22.09.2024
Eronda ko‘mir konida portlash ro‘y berdi. O‘nlab kishilar halok bo‘lgan
13:33 / 22.09.2024
«Hizbulloh» Isroil bo‘ylab 100 dan ortiq raketa uchirdi
22:15 / 21.09.2024