Britaniya TIV xodimi Isroilga qurol sotilayotgani bois iste’foga chiqdi
Mark Smitning aytishicha, «Buyuk Britaniya tomonidan Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom ettirilishini umuman oqlab bo‘lmaydi».
Britaniya Tashqi ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash bilan shug‘ullangan xodimi Isroilga qurol-yaroq sotilishiga noroziligini bildirib, iste’foga chiqdi. U Buyuk Britaniya hukumati «harbiy jinoyatlarga aloqador bo‘lib qolishi mumkinligi»ni ma’lum qildi, deb xabar beradi BBC
Qayd etilishicha, 16 avgust kuni Mark Smit Tashqi ishlar vazirligining «barcha darajalaridagi» hamkablariga, shu jumladan, rasmiy hisobot mexanizmi orqali ham xavotirlarini bildirgan. Britaniyaning Dublindagi elchixonasida ishlagan Smit umumiy tasdiqlovdan boshqa hech narsa olmaganini ma’lum qildi.
Smitning aytishicha, u oldin Yaqin Sharqqa qurol eksport qilishni litsenziyalash bo‘yicha hukumat xizmatida bo‘lgan va «har kuni» hamkasblari bilan G‘azo sektorida Isroil tomonidan harbiy jinoyatlar hamda xalqaro insonparvarlik qonunlari buzilishining «inkor etib bo‘lmaydigan misollariga» guvoh bo‘lgan.
Elektron xatga ko‘ra, Smitning lavozimi «terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi kotib» bo‘lgan — bu unchalik yuqori lavozim emas, ammo u o‘zini «qurol savdosi siyosatida ekspert» deb atagan.
«Isroil hukumatining yuqori martabali amaldorlari va harbiylar ochiq-oydin genotsid amalga oshirish niyatini bildirdi, isroillik askarlar fuqarolar mol-mulkini qasddan yoqayotgani, yo‘q qilayotgani tasvirlangan videolarni olmoqda», — deb yozadi u.
Smitning aytishicha, «Buyuk Britaniya tomonidan Isroilga qurol-yarog‘ yetkazib berishning davom ettirilishini umuman oqlab bo‘lmaydi».
Britaniya tashqi siyosiy idorasining ma’lum qilishicha, TIV rahbari Devid Lemmi «lavozimga o‘tirganining birinchi kunidanoq» Isroil xalqaro insonparvarlik huquqlariga rioya etayotganini baholashni tekshirish tashabbusini bildirgan.
Qurol savdosiga qarshi kompaniya (CAAT) ma’lumotlariga ko‘ra, 2008 yildan beri Buyuk Britaniya 727 million dollarlik qurolning Isroilga eksporti bo‘yicha litsenziya bergan.
Mavzuga oid
10:45 / 09.11.2024
Livan: Isroilning UNIFIL va Livan armiyasi harbiylariga hujumlari urush jinoyatlari hisoblanadi
17:40 / 08.11.2024
«Makkabi» muxlislari Amsterdamda Falastin bayrog‘ini yoqib, tartibsizlik keltirib chiqarishdi va so‘ng taksichilar taqibiga uchrashdi
17:32 / 08.11.2024
Netanyahu mudofaa vazirini bo‘shatdi: bu g‘alayonlarga sabab bo‘lmoqda
14:13 / 08.11.2024