Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada 7 magnitudali zilziladan keyin Shiveluch vulqoni uyg‘ondi
Kamchatka yarimorolida uyg‘ongan vulqonining kuli dengiz sathidan 8 kilometr balandlikka qadar ko‘tarildi. Vulqon faolligi mahalliy va xalqaro aviatashuvlar uchun xavf tug‘dirmoqda.
Rossiyaning Kamchatka yarimorolida uyg‘ongan Shiveluch vulqonining kuli dengiz sathidan 8 kilometr balandlikka qadar ko‘tarildi. Bu haqda Fanlar akademiyasi Uzoq Sharq vulqonshunoslik va seysmologiya instituti xabar berdi.
Qayd etilishicha, vulqondan otilgan kullar janubi-sharqiy yo‘nalishda 492 kilometrga cho‘zilgan, aviaxavfning «qizil kod» darajasi e’lon qilingan (bu vulqondan atmosferaga ko‘p miqdorda kul chiqayotganini bildiradi). «Vulqon faolligi mahalliy va xalqaro aviatashuvlar uchun xavf tug‘diradi», — deyiladi institut xabarida.
Shiveluch — Kamchatkadagi eng shimoliy faol vulqon bo‘lib, Ust-Kamchatskiy tumanidagi Klyuchi qishlog‘idan 45 kilometr uzoqlikda joylashgan. U yerda 5 mingga yaqin aholi yashaydi. Tuman rahbari Oleg Bondarenkoning ma’lum qilishicha, Ust-Kamchatskiyda «1 millimetr qalinlikda kul tushishi kuzatilgan» va u aholiga ko‘chaga chiqqanda himoya vositalaridan foydalanishni tavsiya qildi.
Vulqon Kamchatkada 7 magnitudali zilzila sodir bo‘lganidan keyin harakatga kelgan. Yer osti silkinishining episentri Petropavlovsk-Kamchatkadan 108 kilometr janubi-sharqda, Tinch okeani hududida joylashgan. «Shaharning o‘zida 6 balli yer osti silkinishlari kuzatildi», — deydi gubernator Vladimir Solodov.
Mavzuga oid
18:50 / 18.10.2024
Kamchatkada migrantlarni ishga olish taqiqlangan yo‘nalishlar ko‘paytirildi
17:23 / 15.10.2024
Ikki oydan beri dengizda suzib yurgan erkak Kamchatka qirg‘oqlarida qutqarib olindi. Uning hamrohlari halok bo‘lgan
20:00 / 01.09.2024
Kamchatkada bortida 22 kishi bo‘lgan vertolyot halokatga uchradi
15:25 / 12.04.2023