Jahon | 20:23 / 21.08.2024
8629
1 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘iziston prezidenti tog‘da chiqindi terdi

Sadir Japarov yurtdoshlarini tabiatni asrashga chaqirdi.

Foto: Videodan kadr

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tog‘larda sayyohlar tashlab ketgan chiqindilarni yig‘ib, yurtdoshlarini tabiatni asrashga chaqirdi. Siyosatchi bu jarayon aks etgan videoni Facebook sahifasiga joylashtirdi.

«Tabiatga befarq bo‘lmaylik, bir-birimizni nazorat qilaylik, tarbiyalaylik, o‘rnak bo‘laylik», dedi Japarov.

Prezident so‘zlariga ko‘ra, «kimdir, qayerdandir kelib» tartib-intizom o‘rnatib bermaydi. Japarov, shuningdek, mamlakat fuqarolarini bir kun bilan yashamaslikka chaqirdi.

Mavzuga oid