Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Varshavada O‘zbekiston to‘qimachilik va poyabzal mahsulotlari savdo uyi ochiladi
Mamlakat elchixonasi ko‘magida 14-15 avgust kunlari O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda to‘qimachilik sanoati korxonalari vakillarining Polshaga biznes-missiyasi tashkil etildi.
Biznes-missiya davomida G.D. International Poland Sp. o.o. ulgurji savdo majmuasida o‘zbek to‘qimachilik va poyabzal mahsulotlari savdo uyini ochish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Tashrif davomida "Polsha-Osiyo" Savdo palatasi bilan birgalikda qo‘shma biznes-forum tashkil etildi. Unda 20 dan ziyod O‘zbekiston va Polsha ishbilarmon doira vakillari ishtirok etdi.
Ikki mamlakat vakillari o‘rtasida tashkil etilgan G2B va B2B shaklidagi muzokaralarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish istiqbollari haqida fikr almashildi. O‘zbekiston yengil sanoatini modernizatsiya qilish uchun yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish masalasi ko‘rib chiqildi.
Mavzuga oid
14:00 / 20.05.2025
Germaniya O‘zbekistonda to‘qimachilik sohasida ishlayotgan ayol menejerlarni qo‘llab-quvvatlaydi
10:46 / 12.05.2025
Tusk: Varshava savdo markazidagi yong‘in - Rossiya maxsus xizmatlari buyurtmasi natijasi
10:24 / 26.03.2025
Varshava universitetida o‘zbek tilini o‘qitish tizimi joriy etiladi
12:29 / 03.03.2025