Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onadan Novosibirskka aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
Havo qatnovi haftasiga bir marta - dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Rossiyaning S7 Airlines aviakompaniyasi Farg‘onadan Novosibirskka muntazam yo‘lovchi qatnovlarini yo‘lga qo‘yadi. Birinchi parvoz 19 sentabrga belgilangan, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Novosibirsk — Farg‘ona — Novosibirsk yo‘nalishi bo‘yicha havo qatnovi Airbus A320 rusumli samolyotlarda haftasiga bir marta — dushanba kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
S7 Airlines qarorgohi Novosibirsk shahrida joylashgan. Kompaniya 26 mamlakatning 180 dan ortiq shaharlarini parvozlar orqali qamrab olgan Rossiyaning eng yirik xususiy aviatashuvchisi hisoblanadi. Bugungi kunda aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Urganchga ham parvozlarni amalga oshirmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
10:23 / 28.05.2025
Davlat departamenti spikeri: Rossiya Trampning so‘zlarini jiddiy qabul qilishi kerak
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
21:34 / 27.05.2025