«Kavkaz» portida ukrainlar zarbasidan keyin temiryo‘l paromi cho‘kib ketdi
Ukraina Krasnodar o‘lkasidagi «Kavkaz» portida yonilg‘i sisternalari ortilgan temiryo‘l paromiga hujum qildi, paromda kuchli yong‘in yuzaga keldi va u suv tubiga cho‘kib ketdi.
Payshanba kuni telegram-kanallar «Kavkaz» porti hududiga raketa zarbasi yo‘llangani to‘g‘risida xabar tarqatdi, bu ma’lumot ko‘p o‘tmay mahalliy muxbirlar tomonidan tasdiqlandi.
Region operativ shtabi ma’lumotiga ko‘ra, zarba oqibatida paromda yong‘in boshlangan. RBK Krasnodar o‘lkasi Temryuksk rayoni rahbari Fedor Babenkovga asoslanib xabar berishicha, Ukraina qurolli kuchlari zarbasiga duchor bo‘lgan paromda yonilg‘i solingan 30 sisterna bor edi.
Ko‘p o‘tmay parom cho‘kib ketgan.
«Portning o‘zida yong‘in o‘choqlari mavjud emas», — deya xabar qilgan shtab.
RIA Novosti agentligi favqulodda xizmatlardagi manbasiga tayanib yozishicha, paromda hujum vaqtida besh kishi bo‘lgan. Ularning taqdiri haqida hozircha hech narsa ma’lum emas.
Opershtabdagilar Ukraina qurolli kuchlari zarbasini «navbatdagi teraktga urinish» deb baholagan.
Mahalliy telegram-kanallar va pabliklarda «Kavkaz» porti hududida tutun ustuni ko‘tarilgani aks etgan fotosuratlar tarqalgan.
Yonilg‘i-moylash materiallari solingan sisternalardagi olovni o‘chirish uchun port o‘t o‘chirish poyezdi yuborilgan.
Zarba haqidagi xabar ortidan Qrim ko‘prigi bo‘ylab harakat bir soatga to‘xtatilgan, mahalliy vaqt bilan soat 17:41 da harakat tiklangan.
Kreml ta’siridagi Mash telegram-kanaliga ko‘ra, ukrain harbiylari port tomon Storm Shadow raketasini uchirgan bo‘lishi mumkin va u yonilg‘i tashuvchi «Akvatreyder» paromiga kelib urilgan. Bu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i hozircha yo‘q.
Ukraina hozircha «Kavkaz» porti bo‘ylab zarba haqidagi xabarlarga munosabat bildirmadi.
Iyul oyida ukrain kuchlari «Kavkaz» porti bo‘ylab bir necha zarbalar yo‘llagan, natijada «Slavyanin» temiryo‘l paromi shikastlangandi.
Britaniya harbiy razvedkasi yozishicha, «Slavyanin» bu yo‘nalishdagi yagona temiryo‘l paromi bo‘lgan va 29 may kuni yo‘llangan zarbalardan keyin tuzatilib, xizmatga qaytarilgan.
Razvedkaning hisoblashicha, «Slavyanin» suyultirilgan neft gazi tashiydi.
Razvedka hisobotida ukrainlarning «Kavkaz» portiga hujumidan keyin Rossiya yonilg‘ini Qrim ko‘prigi orqali tashishga majbur bo‘layotgani aytilgan.
«Kavkaz» porti — Qora dengiz va Azov dengizi havzasida yuk aylanmasi bo‘yicha Novorossiysk portidan keyingi ikkinchi portdir. U Kerch bo‘g‘ozida joylashgan, Qrim ko‘prigidan 12, Novorossiyskdan 150 km masofada.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024