Samarqandda o‘tgan jahon chempionatida 51ta davlatdan sportchilar ishtirok etdi
Ipak yo‘li xalqaro turizm markazi hududida joylashgan eshkak eshish kanali bunday nufuzli musobaqalarni o‘tkaza oladigan jahondagi sanoqli sun’iy suv havzalaridan biri hisoblanadi.
Kanal turizm markazi qurilishida kapital ta’mirdan chiqarildi va buning natijasida 1938 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan nufuzli jahon chempionatini ham qabul qila oladigan darajaga yetdi.
2025 yilda Toshkent mezbonlik qiladigan Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlarining ham eshkak eshish musobaqalari shu kanalda bo‘lib o‘tadi.
Umuman olganda, bunday nufuzli sport turniri Markaziy Osiyoda ilk marta tashkillashtirildi va unda dunyoning 51 davlatidan 500 ga yaqin sportchilar to‘plandi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi 30 nafar sportchidan iborat bo‘ldi.
Chempionatning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi sport vaziri Adham Ikromov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov hamda Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) prezidenti Tomas Koniyetsko ishtirok etib, sportchilarga omad tiladi.
Samarqand eshkak eshish kanali to‘lqinlarida bo‘lib o‘tgan poyga musobaqalarida 200, 500, 1000 va 5000 metr kabi noolimpiya masofalarida eng yaxshi sportchilar aniqlandi.
Afsuski, O‘zbekston terma jamoasining biror a’zosi shohsupaga ko‘tarila olgani yo‘q. Kanoechi Nurislom To‘xtasinov medallarga eng yaqin kelgan sportchimiz bo‘ldi. Marralardan biri uchun o‘tkazilgan finalda u finish chizig‘ini to‘rtinchi bo‘lib kesib o‘tdi. Biroq, mutaxassislar o‘zbekistonlik sportchilar bo‘lib o‘tgan musobaqalarda kelgusida rivojlanish uchun juda katta tajriba orttirganini ta’kidladi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, birinchi umumjamoa o‘rinni Xalqaro kanoe federatsiyasi (ICF) bayrog‘i ostida chiqish qilgan jamoa 8 ta oltin, 5 ta kumush va 3 ta bronza — jami 16 ta medal bilan egalladi. Shohsupaning eng yuqorisiga shuningdek, Vengriya, Portugaliya, Polsha, Ukraina, Moldova, Chexiya, Chili, Daniyadan kelgan sportchilar ham chiqishdi. Ispaniya, Shvetsiya, Germaniya, Xitoy, Gurjiston, Qozog‘iston va Ruminiya vakillari kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
Jahon chempionatining keyingisi 2025 yilda Italiyaning Milan shahrida bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:10 / 21.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatini rivojlantirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi
08:51 / 20.11.2024
To‘rt tumanda 614 mln so‘mlik elektr va gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
13:49 / 14.11.2024
Samarqandda o‘quvchi avtobus urib yuborishi oqibatida halok bo‘ldi
09:28 / 08.11.2024