Jamiyat | 21:43 / 27.08.2024
5583
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosining «O‘zgarish» bekatida yong‘in yuz berdi

Bunga relslardagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani, nosozlik bartaraf etilgani ta’kidlanmoqda.

27 avgust kuni Toshkent metropoliteni «Chilonzor» yo‘lining «O‘zgarish» bekatida yong‘in yuzaga kelgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi. «Toshkent metropoliteni» holatga izoh berdi.

Qayd qilinishicha, 27 avgust kuni soat 19:28 lar atrofida «O‘zgarish» bekatining kontakt relsidagi qurilmalardan birida qisqa tutashuv sodir bo‘lgan. Yuzaga kelgan nosozlik mashinist hamda bekatdagi metropoliten xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf etilgan. Bu vaqt davomida poyezd ichidagi yo‘lovchilar bekatga tushirilgan va 4 daqiqadan so‘ng poyezd harakati qayta tiklangan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Xabarga ko‘ra, poyezdlar belgilangan jadval bo‘yicha harakatlanmoqda.

Mavzuga oid