Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda SpaceX parvozlari to‘xtatib qo‘yildi
Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi bunga 27 avgust kuni uchirilgan tashuvchi raketa qulab tushib, yonib ketgani sabab bo‘lganini ma’lum qildi
AQSh Federal fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasi (FAA) SpaceX parvozlarini to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar beradi Associated Press.
FAA 27 avgust kuni Florida sohillari bo‘yida tashuvchi raketaning yonib ketishi bilan bog‘liq holatdan keyin tergov olib borishni buyurdi. Hozircha bu SpaceX’ning bo‘lajak parvozlari ekipajiga — biri xususiy, ikkinchisi NASA uchun — qanday ta’sir ko‘rsatishi noma’lum.
Raketa Kanaveraldagi kosmik markazidan uchirilgan bo‘lib, orbitaga 21 ta Starlink sun’iy yo‘ldoshini olib chiqqan. Ammo okeandagi platformaga qo‘nish vaqtida raketaning birinchi pog‘onasi yonib ketib, avariya holatini yuzaga keltirgan.
FAA kompaniya Falcon-9 ni ishga tushirishni davom ettirishidan oldin SpaceX’ning avariya haqidagi xulosalarini tasdiqlashi kerakligini aytdi. Mazkur holatdan keyin Kaliforniyadan uchiriladigan Starlink parvozlari zudlik bilan to‘xtatildi.
SpaceX vitse-prezidenti Jon Edvarsning ma’lum qilishicha, kompaniya tashuvchi raketa bilan bog‘liq holatga oydinlik kiritish uchun «imkon qadar tezroq» ishlamoqda.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
22:35 / 25.05.2025
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
23:30 / 04.05.2025
Texas aholisi SpaceX shahrini tashkil etishni yoqlab ovoz berdi
17:37 / 22.04.2025