O‘zbekiston | 13:00 / 29.08.2024
1183
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Shaharlar, qishloqlar, avtomagistrallar: Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmog‘ini kengaytirmoqda

Beeline Uzbekistan O‘zbekistonda o‘z tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli loyihasini davom ettirmoqda. Telekommunikatsiya sohasidagi yirik soliq to‘lovchi va sarmoyadorlaridan biri sifatida, operator mamlakat iqtisodiyotini yanada raqamlashtirish uchun muntazam ravishda poydevor yaratmoqda.

Foto: Beeline Uzbekistan

2024 yilda Beeline Uzbekistan tarmog‘i deyarli 2000 ta yangi baza stansiyasi bilan kengaytirildi. Eng jadal qurilish ishlari mamlakatning aholi zich joylashgan hududlari — Toshkent shahri va Toshkent viloyati, shuningdek, Samarqand, Andijon va Qashqadaryo viloyatlarida olib borildi. Ahamiyatli hisoblangan avtomobil va temiryo‘l magistrallarida qamrovni kuchaytirish uchun 270 ga yaqin baza stansiyasi o‘rnatildi. Bundan tashqari, yil boshidan beri raqamli operator ilgari ishga tushirilgan 740 dan ortiq baza stansiyasini modernizatsiya qilib, ularning o‘tkazuvchanlik qobiliyatini sezilarli darajada oshirdi. Shu tufayli Beeline Uzbekistan tarmog‘ida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 20% ko‘proq trafik qayd etilmoqda, o‘rtacha ma’lumot uzatish tezligi esa 46% ga oshdi. VoLTE segmenti foydalanuvchilari soni ham ortib bormoqda: zudlik bilan ulanish va tiniq ovoz bilan qo‘ng‘iroq qilish texnologiyasini tanlaganlar soni olti baravarga, trafik hajmi esa 10 baravarga ko‘paydi. O‘zbekistonning barcha hududlarida keng ko‘lamli texnik ishlar amalga oshirildi.

Viloyatlar bo‘ylab yangi qurilishlar haqida batafsil ma’lumotlarni kompaniya saytida ko‘rish mumkin.

«Beeline infratuzilmasini uzluksiz rivojlantirishning mohiyati — O‘zbekiston aholisi zarur deb bilgan joylarda zamonaviy raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatini ta’minlashdir. 2024 yilda butun mamlakat bo‘ylab o‘rnatilgan yuzlab yangi baza stansiyalaridan deyarli har yettinchisi avtomagistral va temiryo‘llarda, ko‘pincha aholi punktlaridan uzoqda joylashgani bejiz emas. Uyda ham, yo‘lda ham kompaniyamizning barcha xizmatlaridan qulay foydalanish mumkin.» — deya ta’kidladi Beeline

Uzbekistan texnik direktori Georgiy Kan.

 

«Kompaniyamizning mamlakatda uzoq yillar davomida erishgan yutuqlari O‘zbekistonning raqamli iqtisodiyotini mustahkamlashga xizmat qiladigan yangi loyihalarga ilhom bag‘ishlamoqda. 2024 yil boshidan Beeline Uzbekistan aloqa infratuzilmasini rivojlantirishga rekord miqdorda mablag‘ yo‘naltirdi. Respublika telekommunikatsiya sohasiga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha yetakchilardan biri sifatida, biz barcha hududlarda va barcha sohalarda — shaxsiy hayotdan tortib biznes yuritish va Beeline mijozlari bo‘lgan davlat muassasalari faoliyatini ta’minlashgacha bo‘lgan jabhalarida raqamli innovatsiyalarni muvaffaqiyatli joriy etish uchun qulay muhit yaratmoqdamiz,» — dedi Beeline Uzbekistan bosh direktori Andjyey Malinovski. 

Kompaniya haqida

Unitel MChJ 2006 yilning 12 sentabridan boshlab Beeline Uzbekistan savdo belgisi ostida xizmatlar ko‘rsatib kelmoqda. Beeline Uzbekistan bosh qarorgohi Amsterdam (Niderlandiya) shahrida joylashgan VEON xalqaro telekommunikatsiya xoldingi tarkibiga kiradi. Top Employer 2024 sertifikatiga ega.

VEON 6 mamlakatda 160 milliondan ortiq abonentga ega global telekommunikatsiya va internet xizmatlarini provayderi. Uning aksiyalari NASDAQ va Euronext Amsterdam fond bozorlarida joylashgan.

Beeline Uzbekistan’da 1,9 mingga yaqin xodim ishlaydi. 2006 yildan buyon O‘zbekiston bozoriga kirishi bilan VEON mamlakat telekommunikatsiya sohasiga 1,4 milliard AQSh dollaridan ortiq sarmoya kiritdi. Unitel MChJ — O‘zbekistonning yirik soliq to‘lovchi kompaniyalaridan biri. Beeline SB’ning O‘zbekistondagi faoliyati davomida 2 milliard dollardan ortiq soliq to‘langan.

Sayt: : beeline.uz

Facebook: @beeline.uz

Instagram: @beeline_uzbekistan

Telegram: @beelineuzbekistan

X: @beeline_uz

LinkedIn: @beeline-uzbekistan

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid