Sport | 10:26 / 02.09.2024
10096
15 daqiqa o‘qiladi

Mbappe «Real»da ilk gollarini urdi, «Liverpul» «MYu»ni yakson etdi

Yevropa futbolida shanba kuni ro‘y bergan asosiy voqealar.

Foto: Getty Images

Angliya: «Chelsi» qoqildi

«Chelsi» — «Kristal Pelas» 1:1
Gollar:
Jyekson (25) — Eze (54).
«Chelsi» – Sanches, Kukurelya, Koluill, Fofana, Gyusto (Mudrik, 74), Fernandes, Kaysedo, Palmer, Netu (Joau Feliks, 58), Madueke (Nkunku, 86), Jyekson.
«Kristal Pelas» – Henderson, Richards, Gehi, Klayn, Eze, Kamada (Shlupp, 88), Mitchell, Munyos, Hyuz (Dukure, 50), Uorton, Mateta (Sarr, 69).
Ogohlantirishlar: Netu (8), Hyuz (14), Fofana (32), Jyekson (63), Munyos (89), Palmer (90+1).

Hozirgi «Chelsi» barqaror emasligi bilan ajralib turadi. Hatto o‘zi qatorasiga o‘n uch o‘yinda mag‘lub etgan va dastlabki ikki turda yutqazib, faqat bitta gol urgan raqibni o‘z uyida qabul qilganida ham. Jamoada Palmer bor, u uch turda to‘rtta golli uzatma bilan, bu borada APLda eng yaxshi ko‘rsatkichni qayd etgan. Tez-tez gol urib turuvchi Jyekson bor. Yakunda esa faqat durangga erishildi. Bu natijani «Kristal Pelas»ga Eze olib keldi, u jarima maydonidan qaytgan to‘pni o‘ziga bo‘ysundirib, chiroyli zarba bilan uzoq burchakka joylashtirdi. Bu ushbu vingerning yil boshidan buyon beshinchi bor uzoqdan gol urishidir. Bu ko‘rsatkich borasida u bilan faqat o‘tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Foden tenglasha oladi.

«Nyukasl» — «Tottenhem» 2:1
Gollar:
Barns (37), Isak (78) — Bern (56, avtogol).
«Nyukasl» – Poup, Kelli (Holl, 68), Bern, Kraft, Livramento, Bruno Gimaraes, Longstaff (Tonali, 68), Joelinton, Barns (Myorfi, 61), Isak, Gordon (Almiron, 90+4).
«Tottenhem» – Vikario, Udoji, Romero, Dregushin, Porro, Meddison (Bergvall, 82), Bissuma (Bentankur, 82), Sarr (Jonson, 46), Kulusevski, Son, Odober (Verner, 74).
Ogohlantirishlar: Kelli (28), Sarr (34), Longstaff (41), Joelinton (45+2), Bissuma (48), Gimaraes (58), Meddison (68), Bentankur (84).

Yetakchilar guruhiga qo‘shilish uchun bahsda «Nyukasl» g‘alaba qozondi. Bu o‘yinda diskvalifikatsiya muddatini o‘tab qaytgan Tonali ham ishtirok etdi. Italiyalik futbolchi hisob 1:1 ekanida maydonga tushirildi. O‘yinda hisobni qanotdan berilgan uzatmaga raqibdan oldinroq yetib kelgan Barns mualliflik qildi, «shporlar»ning javobi kulgili holatda bo‘ldi, bu vaziyatda Poup ilojsiz ahvolda qoldi. U Meddisonning murakkab zarbasini amallab qaytargandi, ammo qaytgan to‘pga yetib kelgan Jonson uni darvozabon hududiga yo‘naltirdi, «qarg‘alar» himoyachisi Bern esa uni darvoza to‘riga yo‘naltirib yubordi. Va mezbonlar baribir g‘alabani ilib ketishdi, zaxiradan maydonga tushgan yana bir futbolchi Myorfi bo‘sh darvoza qarshisida ochilgan Isakni to‘p bilan ta’minladi. «Nyukasl» endi ochkolar soni bo‘yicha «Arsenal» va «Brayton» bilan tenglashib oldi, Angelos Postekoglu shogirdlarida safar o‘yinlarida muammo saqlanib qolmoqda. Oxirgi olti safar o‘yinidan to‘rttasida mag‘lubiyatga uchralgan. Qolaversa, londonliklar «Nyukasl» maydonida qatorasiga uchinchi bor yutqazdi, bundan oldingi safarlarda 1:6 va 0:4 hisoblaridagi mag‘lubiyatlar qayd etilgandi.

«Manchester Yunayted» — «Liverpul» 0:3
Gollar:
Dias (35, 42), Saloh (56).
«Manchester Yunayted» – Onana, Dalot, Martines, de Ligt (Maguayr, 69), Mazraviy, Maynu, Kazemiro (Kolliyer, 46), Fernandesh, Reshford, Garnacho (Diallo, 69), Zirkze (Eriksen, 86).
«Liverpul» – Alisson, Roberson (Tsimikas, 83), van Deyk, Konate, Aleksander-Arnold (Bredli, 76), Mak Allister, Gravenberh, Soboslai, Dias (Gakpo, 66), Saloh, Jota (Nunes, 76).
Ogohlantirishlar: Zirkze (23), Martines (40), Maynu (45+1), van Deyk (55), de Ligt (65).

«Arsenal»ning Arsen Venger ketganidan keyingi muammolari Mikel Arteta tayinlanguniga qadar davom etdi. «MYu»da esa hamon Aleks Fergyuson davrini sog‘inch bilan eslashadi, «Liverpul» esa tizim qanday bo‘lishini namoyish etmoqda. Yurgen Kloppga munosib o‘rinbosar topilishi oson bo‘lmaydigandek ko‘ringandi. Arne Slot esa allaqachon qizillar klubi tarixiga kirib bo‘ldi — jamoaning 88 yil ichida «Qizil iblislar» maydonidagi ilk o‘yinida g‘alaba qozongan ilk murabbiy sifatida.

O‘yinning asosiy qahramoni doimgidek Muhammad Saloh bo‘ldi. U Diasga yumshoq uzatma oshirdi — birinchi gol urildi. Ko‘p o‘tmay jarima maydoni markazida turgan kolumbiyalikka yana bir nozik uzatma — va «Yunayted» nokdaun holatida. Misrlik hujumchining yaqin burchakka yo‘llagan zarbasi bilan esa raqib nokautga uchratildi. Va APL rekordi o‘rnatildi, chunki bunga qadar hech kim «MYu»ga bu qadar azob bermagan (12 gol va 6 uzatma). Tabiiyki, Muhammad Salohdan boshqa hech kim mankunianliklar maydonida ikki o‘yinda kamida uchta samarali ball ishlamagan. Turnir jadvalida barchasi odatdagidek. «Liverpul» ham yuz foizlik natija bilan «Manchester Siti» bilan yonma-yon ketmoqda, Erik ten Hag boshqaruvidagi «MYu» uch turda atigi bir g‘alabaga erishgan. Bu esa antirekord.

Ispaniya: Papendan yuqorida

«Real» — «Betis» 2:0
Gollar:
Mbappe (67, 75 penalti).
«Real» – Kurtua, Mendi (Fran Garsiya, 65), Ryudiger, Militao, Karvahal, Seballos (Braim Dias, 65), Chuameni, Valverde, Vinisius, Mbappe (Modrich, 84), Rodrigo (Endrik, 89).
«Betis» – Ruy Silva, Perro, Natan, Lorente, Sabali, Vilyam Karvalyu (Kardozo, 57), Roka, Fornals (Losada, 83), Sanches (Diao, 72), Ezzalzuli (Huanmi, 83), Ruibal (Roke, 57).
Ogohlantirishlar: Vinisius (59), Karvahal (65).

«Real» mavsumni qiyin boshladi. Hatto «Valyadolid»ga qarshi 3:0 hisobidagi g‘alabaga ham o‘yin oxiridagi gollar bilan erishildi. Hafta o‘rtalarida «Las-Palmas» bilan o‘yinda hisobda quvishga to‘g‘ri keldi (1:1), «Betis» esa jamoa uchun noqulay raqib sanalardi — Madriddagi so‘nggi yetti o‘yinda andalusiyaliklar faqat bittasida gol o‘tkazib yuborishgan. Va ushbu raqib yetti yil oldin qaymoqranglilarning 73 o‘yindan iborat golli seriyasini to‘xtatgandi. Shu tufayli har bir xato zarba Mbappe Florentino Peres davrining la ligadagi ilk to‘rt uchrashuvida gol ura olmagan ilk yulduzi sifatida tarixga kirish imkoniyatini oshirardi.

Ammo ikkinchi bo‘limda Kilian Valverdening tovonda uzatgan chiroyli pasidan keyin bunday gumonlarga chek qo‘ydi. Fransuzning Ispaniya poytaxtidagi ikkinchi goli esa — chiroyli tarixga aylandi. Penalti ishlagan Vinisius Junior to‘pni yangi jamoadoshiga uzatdi va zarba oldidan tribunalarni qizdirishga harakat qildi. Amerika Kubogida, braziliyalik qadrdon do‘sti Lukas Paketani qo‘llab-quvvatlagani kabi. Mbappe esa zarbani golga aylantirib, gollari sonini 334 taga yetkazdi, bu unga fransuz to‘purarlari ro‘yxatida Jan-Piyer Papendan o‘zib ketish imkonini berdi.

Italiya: turinliklar eng yaxshi davrlarini esladi

«Yuventus» — «Roma» 0:0
«Yuventus» – Di Gregorio, Kabal (Kopmeyners, 46), Bremer, Gatti, Savona, Fajioli (Duglas Luis, 67), Lokatelli (Makkenni, 67), Kambiyazo, Mbangula (Fransishku Konseysau, 46), Yildiz, Vlahovich (Gonsales, 83).
«Roma» – Svilar, Anhelinio, Ndika, Manchini, Chelik, Pizilli (Kone, 72), Kristante, Salemakers (Zalevski, 62), Pellegrini (Baldanzi, 82), Soule (Dibala, 61), Dovbik (Shomurodov, 82).
Ogohlantirishlar: Fajioli (2), Salemakers (44), Manchini (85), Bremer (85).

«Yuventus» — A seriyaning dastlabki turlaridagi kashfiyot jamoaga aylandi, Tiago Motta effekti darhol sezildi. Birgina «Keksa sinioralar» startni ochko yo‘qotmasdan o‘tkazishdi. Shu bilan birga tan olish kerakki, «Komo» va «Verona» — jiddiy xulosalar chiqarish mumkin bo‘lgan raqiblar emasdi. «Roma»ga qarshi o‘yin esa ancha qiyinroq kechdi. Qolaversa, dastlabki ikki turda birgina ochko olgan «bo‘rilar»dan bor kuchi bilan o‘ynash talab etilardi. Birinchi bo‘limda byankonerilarda gol urish uchun birgina imkoniyat bo‘ldi, ammo Svilar Vlahovichning qiyin zarbasini qaytardi.

Turinliklar ikkinchi bo‘limda ikki debyutantini maydonga tashladi — tanaffusdan keyin Kopmayners va Fransishku Konseysau maydonga tushdi, ularning ikkinchisi otasi Serjiu Konseysauning Apennin orollaridagi oxirgi o‘yinidan 7539 kun o‘tib A seriya o‘yinida maydonga tushdi. O‘yin oxirida esa Niko Gonsalesning Turindagi debyuti amalga oshdi, ammo bu o‘zgarishlarning hech biri jamoa g‘alaba qozonishiga yordam bermadi. Shu bilan birga, jamoa qatorasiga uch o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi, bunaqasi oxirgi bor o‘n yil muqaddam — jamoa chempionatda mutlaq ustunlik qilgan davrlarda ro‘y bergandi.

Germaniya: Kompanining uydagi premerasi

«Bavariya» — «Frayburg» 2:0
Gollar:
Keyn (38, penalti), Gnabri (78).
«Bavariya» – Noyyer, Gerreyru, Kim Min Chje, Upamekano (Goretska, 90), Kimmih, Pavlovich (Palinya, 74), Olise (Myuller, 59), Tel (Koman, 59), Musiala (Laymer, 74), Gnabri, Keyn.
«Frayburg» – Myuller, Gyunter (Makengo, 81), Linhart, Rozenfelder, Kyubler (Ogbus, 81), Eggeshtayn, Osterxage (Heler, 72), Grifo (Shallai, 63), Rel (Dinkchi, 63), Doan, Adamu.
Ogohlantirish: Upamekano (31).

Vensan Kompanining Myunxendagi premerasida qiyin g‘alabaga erishildi. «Bavariya» bosim o‘tkazdi, ammo VAR aralashuvigacha gol ura olmadi. Birinchi bo‘lim oxirlarida videotakrordan keyin Keynning «ikkinchi qavat»dan qilgan hujumidan keyin to‘p Ginterning qo‘liga tekkani ma’lum bo‘ldi, penalti tepish huquqini qo‘lga kiritgan Harri esa geshtaltni yopdi — «Frayburg» bundesliganing ushbu ingliz hujumchisidan gol o‘tkazmagan yagona jamoasi bo‘lib turgandi. Keyn gol urgan jamoalar soni 17 taga yetdi. Ikkinchi bo‘limda esa Myunxen Myullerni olqishlar bilan qarshi oldi, u «Bavariya» safida 710-rasmiy o‘yinini o‘tkazib, afsonaviy darvozabon Zepp Mayyerning rekordini yangiladi. U bu tarixiy natijani goli bilan nishonladi. Faxriy hujumchi Gnabrining pasidan keyin to‘pni havoda to‘xtatib, bir harakat bilan himoyachini yo‘ldan oldi va darvozabonga imkon qoldirmadi. Agar uning goli bo‘lmaganida o‘yinda sensatsiya qayd etilishi mumkin edi. Qo‘shimcha daqiqalarda «Frayburg» penalti tepish huquqiga ega bo‘ldi, ammo Helerning zarbasidan keyin to‘p tribuna tomonga qarab ketdi.

Fransiya: ideal «PSJ»

«Lill» — «PSJ» 1:3
Gollar:
Jyegrova (78) — Vitinya (33, penalti), Barkolya (36), Kolo-Muani (90+2).
«Lill» – Shevale, Alessandro, Mandi (Mene, 65), Diakite, Haraldsson (Sahraui, 46), Jyegrova, Gudmundsson, Santush (Kabella, 85), Gomes (Mukau, 46), Andre, Bayo (Devid, 65).
«PSJ» – Donnarumma, Beraldo, Pacho, Markinos, Hakimi (Meyulyu, 84), Joau Nevesh (Fabian Ruis, 65), Vitinya, Zair-Emeri, Barkolya (Li Kan In, 74), Asensio (Due, 65), Dembele (Kolo-Muani, 74).
Ogohlantirishlar: Beraldo (24), Alessandro (31), Mukau (47), Donnarumma (84), Diakite (90+1).

«Lill» «PSJ» yo‘liga to‘siq qo‘yishi mumkin bo‘lgan jamoadek ko‘ringandi. Va bunday ssenariy real edi, ammo Donnarumma o‘z reaksiyasi va ustun yordamida Diakitening zarbasini qaytardi, keyin esa raqibning eng faol futbolchisi Jyegrovaga gol urishga imkon bermadi. O‘z navbatida, parijliklar hujumida barchasini saviya hal etdi. Avvaliga — Dembele jarima maydoni ichida chiroyli fint bilan himoyachini o‘ziga fol ishlatishga majbur qildi. Keyin — Barkolya uchinchi turda to‘rtinchi golini urdi. Parijliklar klubi tarixida bu oraliqda bundan yuqori natijani faqat Neymar qayd etgan (5 gol).

Lekin bu ikki golning o‘zi chempion uchun barchasini hal qilib bermadi. Donnarumma qutqarishda davom etdi, ammo o‘yin oxirlariga borib Jyegrovaning zarbasini o‘tkazib yubordi. Natijada Luis Enrike jamoasida sarosima boshlandi, Tiagu Santushning goli ofsayd tufayli bekor qilindi. Bu holat Devid bilan ham takrorlandi. Qo‘shimcha daqiqalarda esa jokerlar mezbonlarni taslim etishdi — Due ideal uzatma berdi, Kolo Muani bosh bilan zarba berib, yakuniy natijani o‘rnatdi. «PSJ» — Fransiya chempionatida uch turda uch g‘alabaga erishgan yagona jamoa.

Kun statistikasi

«Fiorentina» 1-bor mavsumni besh durang bilan boshladi.

Arne Slot APLdagi faoliyatini uchta quruq o‘yin bilan boshlab, bu borada Joze Mourinio (2004) va Sven-Yoran Eriksen (2007)dan keyingi 3-mutaxassis bo‘ldi.

Bavariyalik Myuller bundesligada 16 mavsumdan buyon gol urmoqda. U Holger Faza, Mats Hummels, Bernd Nikel, Olaf Ton va Mixael Tsorkning natijasini takrorladi.

Saloh 33 o‘yindirki maydonni gol va golli uzatmasiz tark etmayapti. «Liverpul» forvardi bu borada Tiyerri Anridan o‘zib ketdi va faqat Ueyn Runidan ortda (36).

PSV Niderlandiya chempionatida qatorasiga 54 o‘yinni golsiz tark etmasdan, klub rekordini takrorladi.

Mavzuga oid