Namangandagi Nanay qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi
Qishloqda so‘nggi 5 yilda 150 dan ortiq mehmon uylari, 2 ta xostel, 15 ta umumiy ovqatlanish maskani tashkil etilib, 30 mln dollarlik turizm xizmatlari eksporti amalga oshirilgan. Joriy yilning o‘zida qishloqqa 250 mingga yaqin xorijiy va mahalliy turistlar tashrif buyurgan.
O‘zining so‘lim, maftunkor tabiati bilan nom qozongan Yangiqo‘rg‘on tumanidagi Nanay qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berildi. Bu haqda Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ushbu qishloqda turizmni rivojlantirish, turistlarga sharoit yaratish maqsadida so‘nggi 5 yilda 150 dan ortiq mehmon uylari, 2 ta xostel, 15 umumiy ovqatlanish maskanlari tashkil etilgan.
Joriy yilning o‘zida 18 ta turizm obekti barpo etilib, 300 dan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi rejalashtirilgan. Hozirda qishloq hududida 30 mln dollarlik 87 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Jumladan, osma ko‘prik, dor yo‘li hamda yozgi sirpanchiq yo‘lakchasi yo‘lga qo‘yilib, sayyohlarga qulayliklar yaratilgan. Shuningdek, investitsiya dasturiga asosan hududdan oqib o‘tuvchi Podshoota soy qirg‘og‘ida 1,3 km salomatlik yo‘lakchasi bunyod etilgan. 7 ta sun’iy sharshara esa qishloqning turistik jozibasini yanada oshirgan.
Qayd etilishicha, Nanay qishlog‘iga joriy yilning 8 oyi davomida Nanayga 20 mingga yaqin xorijiy, 220 mingdan ortiq mahalliy turistlar tashrif buyurgan.
Yaqinda qishloqda yangi turistik obektlar – loyiha qiymati 6 mlrd so‘m bo‘lgan xostel hamda 3 mlrd so‘mlik mehmon uyi foydalanishga topshirildi. Tadbirda Turizm qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sardor Niyozov ishtirok etib, Nanayga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilganini e’lon qilgan.
Bungacha Toshkent viloyatining Parkent tumanida joylashgan Kumushkon va Chashma qishloqlariga hamda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Sentob qishlog‘iga “Turizm qishlog‘i” maqomi berilgandi.
Mavzuga oid
17:37 / 12.11.2024
O‘zbekiston taksi xizmati eng arzon davlatlar qatoriga kirdi
22:36 / 26.09.2024
Chirchiq daryosining 6 km qismida dam olish hududi barpo etiladi
23:17 / 08.08.2024
Dunyoning eng qimmat shaharlari e’lon qilindi
23:03 / 18.07.2024