«Super kontrakt» uchun shartnoma berish boshlandi
Ariza qabul qilish va shartnoma berish jarayoni onlayn tarzda tashkil qilingan.
Ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2024/2025 o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun 2 sentabrdan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt («Super kontrakt») uchun ariza qabul qilish va shartnoma berish boshlandi.
Shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.
Avvalroq, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga nisbatan quyidagi miqdorda belgilangan edi:
- 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
- 1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
- 2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
- 3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun to‘lov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha o‘qitish qiymati qo‘llaniladi.
Moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:52 / 07.11.2024
O‘zbekistonning 23 ta oliygohi Osiyo universitetlari reytingiga kirdi
18:33 / 28.10.2024
1-kurs talabalariga kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
17:54 / 25.08.2024
Yangi o‘quv yilida 5 ta OTM ish boshlaydi
13:28 / 29.07.2024