Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti rahbari O‘zbekistonga keladi
Joriy yil 5-6 sentabr kunlari BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Tsyuy Dun’yuy O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan keladi.
Tsyuy Dun’yuy mamlakatga tashrifi chog‘ida Toshkentda "Dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar oziq-ovqat xavfsizligi va barqaror rivojlanish maqsadlari" xalqaro forumida ishtirok etadi.
Mazkur xalqaro forum O‘zbekiston hukumati va FAO hamkorligida tashkil etilayotgan bo‘lib, asosiy maqsadi dunyoda dengizga chiqish imkoni bo‘lmagan rivojlanayotgan davlatlar bilan o‘zaro tajriba almashish, iqlim o‘zgarishiga oid muammolarni muhokama qilish, yechimlar ishlab chiqish va o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatishdan iborat.
Ikki kun davomida bo‘lib o‘tadigan forum turli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Xususan, yuqori darajadagi qishloq xo‘jaligi vazirlari yig‘ilishi, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish masalalari, investitsiya imkoniyatlari, xususiy sektor bilan hamkorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishiga moslashish va innovatsiyalar shular jumlasidandir.
Bundan tashqari, tadbir doirasida investitsiya forumi o‘tkazilishi va istiqbolli loyihalar ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Unda xalqaro tashkilot va xorijiy moliya institutlarining mas’ul vakillari ishtirok etishi kutilmoqda.
FAO rahbari, shuningdek, o‘z tashrifi davomida bir qancha rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi va qator qishloq xo‘jaligi obektlarini borib ko‘radi.
FAO 1945 yilda tashkil etilgan bo‘lib, qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat xavfsizligi va ovqatlanish masalalarida Birlashgan Millatlar Tashkilotining ixtisoslashgan tuzilmasi hisoblanadi. Tashkilotga 194 ta davlat a’zo bo‘lib, qarorgohi Rim shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025