Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google’ning serdaromad reklama texnologiyalari biznesiga qarshi sud bo‘lib o‘tadi
Kompaniya o‘tgan yili internet foydalanuvchilari ko‘rishi mumkin bo‘lgan savdo reklamalarini joylashtirish orqali 200 milliard dollardan ortiq daromad olgan.
AQSh hukumati Google’ning ulkan daromad keltiruvchi reklama texnologiyalari biznesiga qarshi ish boshladi, deb xabar beradi BBC.
Qayd etilishicha, 9 sentabr kuni Adliya vazirligining dunyoga mashhur qidiruv tizimi — Google’ga egalik qiluvchi Alphabet INC kompaniyasining bozordagi monopol mavqeyi ishi bo‘yicha sud jarayonlari boshlanadi.
Kompaniya o‘tgan yili internet foydalanuvchilari ko‘rishi mumkin bo‘lgan savdo reklamalarini joylashtirish orqali 200 milliard dollardan ortiq daromad olgan.
Alphabet’ning qayd etishicha, kompaniyaning muvaffaqiyati o‘z xizmatlarining «samaradorligiga» bog‘liq, biroq prokurorlar kompaniya raqobatchilarini yo‘qotish maqsadida bozordagi ustun mavqeyidan foydalanganini ta’kidlamoqda.
«Bu har yili milliardlab dollar keltiradigan haqiqatda muhim yo‘nalish. O‘ylaymanki, bu sud jarayonidan barcha iste’molchilar manfaatdor», — deydi Jorjiya universiteti huquq fakulteti professori Lora Fillips-Soyyer.
Bu AQShdagi texnologik gigant duch kelgan ikkinchi yirik antimonopoliya ishi hisoblanadi. Avgustda sudya Google’ning qidiruv tizimidagi ustunligini noqonuniy deb topgan edi.
Sud qarorida keltirilishicha, Alphabet INC kompaniyasi boshqa texnologik gigantlarga o‘z qidiruv tizimi smartfon va brauzerlarga standart variant sifatida o‘rnatilishi uchun 26 milliard dollar to‘lagan, bu orqali kompaniya raqobatchilarining bozorda muvaffaqiyatga erishishiga imkoniyat qoldirmagan.
The New York Times’ning yozishicha, mazkur qaror hukumatning monopoliyaga qarshi boshqa, masalan, Apple, Amazon va Meta’ga nisbatan da’volariga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Texnologik kompaniyaga qarshi oxirgi antimonopol qaror Microsoft’ga nisbatan 1998 yilda qabul qilingan. Ta’kidlanishicha, Google’ning monopolist deya tan olinishi yirik texnologik kompaniyalar hukmronligiga chek qo‘yishning boshlanishi bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi
23:45 / 05.05.2025
Google film va teleshoular ishlab chiqarish bo‘yicha yangi bo‘linmasini ishga tushirdi
20:45 / 22.04.2025
AQSh Adliya vazirligi Googleʼdan Chrome brauzerini sotishni talab qilmoqda
23:07 / 17.04.2025