Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada tug‘ilish darajasi 25 yildagi eng past ko‘rsatkichga yetdi
2024 yilning yanvaridan iyunigacha Rossiya Federatsiyasida 599,6 ming bola tug‘ildi, bu 1999 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir. Shu bilan birga, 325,1 ming kishi vafot etgan - bir yil avvalgidan 49 ming kishiga ko‘p.
Rossiyada tug‘ilish darajasi so‘nggi 25 yildagi eng past ko‘rsatkichga tushdi. 2024 yilning birinchi olti oyida Rossiya Federatsiyasida 599,6 ming bola tug‘ildi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16 ming bolaga kam, deb xabar berdi Reuters 10 sentabr, chorshanba kuni Rosstat ma’lumotlariga tayanib. Bu 1999 yildan beri eng past ko‘rsatkichdir.
Shu bilan birga, iyun oyida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga kamayib, 98,6 ming nafarni tashkil etdi, bu esa birinchi marta oylik tug‘ilish koeffitsiyenti 100 mingdan pastga tushganini anglatadi.
O‘lim ko‘rsatkichlari va immigrantlar sonining ko‘payishi
Rossiyada aholining tabiiy qisqarishi bu yil o‘lim ko‘rsatkichlari oshishi tufayli tezlashdi. Yanvar-iyun oylarida Rossiya Federatsiyasida 325,1 ming kishi vafot etdi, bu 2023 yilning birinchi olti oyidagiga nisbatan 49 ming kishiga ko‘pdir.
Shu bilan birga, aholining kamayishi ma’lum darajada immigrantlar soni o‘sishi bilan qoplanadi, bu ko‘rsatkich 2024 yil birinchi yarmida 20,1 foizga oshdi.
Rossiyadagi demografik vaziyat RFning Ukrainaga qarshi urushi fonida yomonlashishda davom etmoqda. Rossiya hukumati vaziyatni o‘zgartirishga harakat qilmoqda.
Mavzuga oid
19:30 / 25.05.2025
Rossiyalik oligarx mamlakatda pensiyani bekor qilish taklifi bilan chiqdi
08:40 / 13.05.2025
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti MH17 halokati uchun Rossiyani javobgar deb topdi
17:02 / 12.05.2025
Rossiyada xorijliklarga tibbiy yordam ko‘rsatish tartibi o‘zgaradi
14:54 / 12.05.2025