Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Qirg‘iziston bilan chegaradagi «Uchqo‘rg‘on» posti ochildi
O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasidagi «Uchqo‘rg‘on» («Kensay») chegara bojxona posti «ochildi. Mazkur nazorat-o‘tkazish punkti kuniga o‘rtacha 10 ming kishini, 500 dan ortiq yuk va 300 dan ortiq yengil avtomobilni o‘tkaza oladi.
12 sentabr kuni Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uchqo‘rg‘on» chegara bojxona posti (Qirg‘iziston tomonidan «Kensay») tantanali ravishda ochildi.
Mazkur bojxona postidan bir kunda o‘rtacha 10 ming nafar fuqaro o‘tishi mumkin. U orqali 500 dan ortiq yukli hamda 300 dan ortiq yengil avtotransport vositasi harakatlanishi kutilmoqda.

Ushbu post geografik jihatdan bevosita Qirg‘izistonning «O‘sh-Bishkek» dovon avtoyo‘liga yaqin hisoblanadi.

O‘zbekistonning «Uchqo‘rg‘on-Avtoyo‘l» va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatidagi «Kensay-Avtoyo‘l» nazorat-o‘tkazish punktlari sayyohlarning Qirg‘iziston hamda Xitoyga o‘tib qaytishlari va tranzit o‘tishlari uchun eng qisqa yo‘l hisoblanadi.
Tojikistonning Xo‘jand viloyatidan Rossiya, Xitoy hamda Qirg‘iziston davlatlariga olib o‘tiladigan tranzit yuklar ham «Uchqo‘rg‘on» chegara posti orqali harakatlanishi natijasida Andijon viloyati «Do‘stlik» chegara postidagi transport oqimi 30−40 foizga kamayishi kutilmoqda.
Avvalroq Andijon viloyatidagi Qirg‘iziston bilan chegaradosh «Qorasuv» chegara bojxona posti 14 yillik tanaffusdan so‘ng qayta ochilgandi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025