Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadagi YTHda o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Tyumen oblastida yuk mashinasi va yengil avtomobil to‘qnashgan.
Rossiyaning Tyumen oblastida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida o‘zbekistonlik erkak halok bo‘ldi.
Qayd qilinishicha, «Tyumen - Xanti-Mansiysk» avtomobil yo‘lining 178-kilometrida GAZ yuk mashinasi va VAZ 2107 to‘qnashib ketgan.

Tyumen oblasti yo‘l politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobil haydovchisi voqea joyida vafot etgan. U O‘zbekistonning 55 yoshli fuqarosi ekani va Rossiyada noqonuniy yashagani ta’kidlanmoqda. Jabrlanuvchining ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mashinalardan biri qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan. Yuk mashinasining 24 yoshli haydovchisi jarohatlangan. Ikkala avtomobil ham jiddiy shikastlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025