O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida muhim minerallar bo‘yicha memorandum imzolandi
Kelishuvdan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar o‘rtasida muhim minerallar sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashdan iborat.
16 sentabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasriddinxo‘jayev hamda O‘zbekistondagi AQSh favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muhim minerallar sohasida (CRM) o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
2023 yil sentabrda Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda ikki davlat rahbari foydali qazilmalar bo‘yicha muloqotni boshlash niyatida ekanligini e’lon qildi. Mazkur memorandum AQSh va O‘zbekistonning ushbu sa’y-harakatlarni ilgari surish, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi dastlabki odimlaridan biri bo‘ldi.
Kelishuvdan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar o‘rtasida muhim minerallar sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, boshqa yo‘nalishlardagi aloqalarni ham rivojlantirishdan iborat. Ta’kidlanishicha, ushbu hujjat muhim minerallar sohasida AQSh – O‘zbekiston muloqotining davom etishiga, geologiya qidiruv, qazib olish va yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Mavzuga oid
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
09:15 / 12.11.2024
AQSh Suriyada eronparast guruhlar obektlariga zarba berdi
16:42 / 11.11.2024