Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qozog‘istonga jo‘nab ketdi
Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17 sentabr kuni tongda "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 17 sentabr kuni tongda ikkinchi "Markaziy Osiyo - Germaniya" sammitida ishtirok etish uchun Ostona shahriga jo‘nab ketdi.
Tadbirda ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi, mintaqaviy hamkorlik istiqbollari yuzasidan fikr almashiladi.
Sammitda mintaqa mamlakatlarining Germaniya bilan ko‘p qirrali hamkorligini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari muhokama qilinadi.
Savdo-iqtisodiyot, investitsiya, texnologiyalar, transport-kommunikatsiya va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi. Shuningdek, Germaniyaning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan qo‘shma uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ta’kidlash joizki, "Markaziy Osiyo – Germaniya" formatidagi birinchi sammit o‘tgan yilning 29 sentabr kuni Berlin shahrida o‘tkazilgan edi.
Mavzuga oid
09:40 / 12.11.2024
«Forish» poligonida O‘zbekiston va Qozog‘iston harbiy mashg‘ulotlari boshlandi
20:54 / 11.11.2024
Qozog‘iston bahorda Markaziy Osiyo davlatlaridan 11 milliard kub metr suv oladi
20:06 / 11.11.2024
Qozog‘istonda yana 1 mlrd dollar noqonuniy aktivlar davlatga qaytarildi
17:25 / 11.11.2024