Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada qirollik fermasi uchun cho‘pon qidirilmoqda
Charlz III ning sevimli dam olish maskani bo‘lgan Sandringemdagi fermada 2 mingga yaqin qo‘y boqiladi.
Sandringem saroyi saytida yangi vakansiya paydo bo‘ldi: Charlz III ning mulkiga qirollik qo‘y podalariga qaraydigan yangi tajribali cho‘pon qidirilmoqda.
Bo‘sh ish o‘rni e’lonida qayd etilishicha, Sandringemdagi 200 gektardan ortiq yaylovni qamrab olgan fermada qo‘y va shortgorn zotli qoramollar yetishtiriladi. U yerda 2 mingga yaqin qirollik qo‘ylari boqiladi.
Buyuk Britaniya fuqarolari ushbu lavozimga da’vogarlik qilishi uchun kamida ikki yillik tegishli tajribaga, haydovchilik guvohnomasiga va shaxsiy itga ega bo‘lishi lozim.
“Chorvachilikka ishtiyoqi bor, ochiq fikrli, o‘rganish va rivojlanishga tayyor bo‘lgan nomzodlarga” ustunlik beriladi. Talabgor “jamoa bilan ishlaydigan va maqsadga intiluvchan bo‘lishi, hayvonlarni himoya qilishning eng yuqori standartlarini saqlay olishi” maqsadga muvofiqdir.
Ishning asosiy qismi chorva mollarini har kuni o‘tlatish, shuningdek qish va bahor oylarida podani saqlashga ko‘maklashishdan iborat. Arizalarni topshirishning so‘nggi muddati 27 sentabr.
Sandringem Buyuk Britaniya qiroli Charlz III va qirolicha Kamillaning eng sevimli dam olish joyi hisoblanadi. 2019 yilda, hali shahzodalik paytida, Charlz shahar tashqarisida joylashgan qo‘rg‘ondagi fermada chorva mollarining sonini ko‘paytirishni buyurgandi. U qo‘rg‘onni 2022 yil sentabr oyida onasi, qirolicha Yelizaveta II vafot etganidan so‘ng meros sifatida oldi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025