Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston elektron hukumat reytingida 6 pog‘ona yuqoriladi
O‘zbekiston BMT departamentining 2024 yildagi elektron hukumat reytingida 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi.
BMTning Ijtimoiy va iqtisodiy masalalar departamenti (UNDESA) 200 ga yaqin a’zo davlatlar elektron hukumatining rivojlantirish holatini taqdim etuvchi «UN E-Government Survey»ning 2024 yilgi natijalarini e’lon qildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligining Kun.uzʼga ma’lum qilishicha, 2022 yil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston mazkur reytingda 0,7265 qiymat bilan 69-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2024 yilda 0,7999 indeks hisobiga 6 pog‘ona yuqoriga – 63-o‘ringa chiqdi.
«O‘z navbatida ilk marotaba O‘zbekiston elektron hukumatni rivojlantirish indeksi baland guruhidan (High EGDI) juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Ushbu natija «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasining maqsadli ko‘rsatkichlarida 2025 yil uchun belgilangan 0,75 qiymatdan ham oshdi», — deyiladi vazirlik ma’lumotida.
Mavzuga oid
19:49 / 27.05.2025
O‘zbekiston eng tinch davlatlar reytingida 60-o‘rinni egalladi
20:13 / 16.05.2025
Qirol Charlz III Pol Makkartnidan kambag‘alroq ekani aniqlandi
09:54 / 23.04.2025
Barcha davrlarning eng ko‘p maosh olgan sportchilari ro‘yxati tuzildi
12:04 / 22.04.2025