Jamiyat | 07:20 / 18.09.2024
8152
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga o‘qotar qurol olib kirmoqchi bo‘lgan fuqaro ushlandi

Rossiyadan kelgan fuqaro O‘zbekistonga o‘qotar qurolni yashirincha olib kirmoqchi bo‘lgani aniqlandi. 

Foto: “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi

“Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xabariga ko‘ra, 17 sentabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan Yekaterinburg - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan fuqaroning 1 dona yashil rangli yo‘l sumkasi tegishli tartibda tekshirildi.

Sumka ichidan bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan, ichki ishlar organlarining tegishli ruxsatnomalarisiz bo‘lgan 1 dona Stalker pnevmatik to‘pponchasi hamda 860 dona o‘qlar borligi aniqlandi. 

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid