Tibbiyot muassasasiga hisobga qo‘yishda davlat xizmatini ko‘rsatish reglamenti tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalariga hisobga qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Reglament Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalariga – ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari, oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarga nisbatan tatbiq etiladi.
U quyidagilarni belgilaydi: jismoniy shaxslarni davlat tibbiyot muassasalarida ro‘yxatga olish davlat xizmatidan foydalanish uchun YaIDXPga murojaat qilish tartibi; davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlari; jismoniy shaxsni doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatga olishda kompozit shaklda hisobga olish tartibi.
Jismoniy shaxslar Sog‘liqni saqlash vazirligining «Elektron sog‘liqni saqlash» axborot tizimi orqali hisobga qo‘yiladi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.
Reglament quyidagi hollarda hisobga olishni tartibga soladi:
- tug‘ilgan bolani onasining doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan manziliga — tug‘ilganlikni qayd etish bilan bir vaqtda;
- jismoniy shaxslarning doimiy yashash joyi yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan manzili o‘zgarganida tibbiy muassasalariga murojaat qilish;
- tibbiy muassasalariga bevosita yoki YaIDXPga bevosita murojaat qilish.
Mavzuga oid
11:30 / 09.11.2024
“Mehmon deb hurmat qilishadi” – xorijlik talabalar tibbiyotni o‘rganish uchun nega O‘zbekistonni tanlayapti?
07:50 / 28.10.2024
Fuqaroga nafaqa qilib berishni va’da qilgan tibbiyot xodimi pora bilan ushlandi
12:15 / 24.10.2024
2050 yilgacha Osiyoda 69 foiz aholi uzoqni ko‘ra olmasligi mumkin – tadqiqot
16:00 / 21.10.2024