Jamiyat | 09:28 / 22.09.2024
2719
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Ular 800 qutidan oshiqroq dorilarni 9 ming dollar va 40 mln so‘mga sotayotganida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Toshkent viloyati Ohangaron tumanida noqonuniy dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, departamentning Ohangaron tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbirda fuqarolar F.M. va N.J. noqonuniy daromad orttirish maqsadida “Vivafer” nomli 826 quti dori vositasini 9 000 dollar va 40 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. Tadbir davomida jami 829 quti ushbu dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid