AQSh Kongressida shatdaunning oldini olish uchun loyiha taqdim etildi
AQSh Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonson tomonidan taqdim etilgan qonun loyihasi sentabr oyi oxirida hukumat ishi to‘xtashiga yo‘l qo‘ymaslik choralarini taklif qiladi.
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri respublikachi Mayk Jonson 22 sentabr, yakshanba kuni hukumatni kelgusi uch oy uchun moliyalashtirish bo‘yicha qonun loyihasini taqdim etdi. Uning yordami bilan qonun chiqaruvchilar sentabr oyi oxirida hukumat ishi to‘xtashining oldini olishga harakat qilmoqda.
Jonson o‘z rejasini hamkasblariga yo‘llagan maktubida mart oyi oxirida AQSh prezidenti Jo Bayden tomonidan tasdiqlangan hukumatning joriy 1,2 trillion dollar (taxminan 1,1 milliard yevro) moliyalashtirish muddati tugashidan bir hafta oldin e’lon qildi. «Bu barchamiz afzal ko‘radigan yechim bo‘lmasa-da, hozirgi sharoitda eng oqilona yo‘l», deyiladi spikerning maktubida. Unda ta’kidlanishicha, budjet chorasi «juda tor» bo‘ladi va «faqat o‘ta zarur bo‘lgan kengaytmalarni» o‘z ichiga oladi.
Reuters agentligining rejadan xabardor manbasiga tayanib xabar qilishicha, Vakillar palatasi ushbu chora bo‘yicha 25 sentabrda ovoz berish niyatida. Agar ovoz berish muvaffaqiyatli yakunlansa, Amerika hukumatini moliyalashtirish 20 dekabrgacha davom etishi kutilmoqda. Kongress 1 yanvarga qadar yanada jiddiyroq muddatga to‘g‘ri keladi: o‘sha vaqtga kelib qonun chiqaruvchilar qarz shiftini ko‘tarishi kerak yoki federal qarzning 35 trillion dollarlik qismi bo‘yicha defolt xavfi tug‘iladi, deya ta’kidlaydi agentlik.
AQSh shatdaunning oldini olishga muvaffaq bo‘ldi
AQSh Senati 8 mart kuni mamlakatda shatdaunning oldini olishga imkon yaratuvchi qonun loyihalari to‘plamiga ovoz berdi. Uni 75 senator qo‘llab-quvvatladi, 22 nafari qarshi ovoz berdi. Endi uni mamlakat prezidenti Jo Bayden tasdiqlashi kerak.
Qabul qilingan oltita qonun loyihasi 30 sentabrda moliyaviy yil oxirigacha federal hukumatning ayrim qismlarini moliyalashtiradi. Shu jumladan, pullar qishloq xo‘jaligi, energetika va atrof-muhitni muhofaza qilish, uy-joy qurilishi, transport, faxriylar va adliya sohalaridagi ishlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.
AQShda qisman shatdaun tahdidi
Sentyabr oyi oxirigacha hukumatni to‘liq moliyalashtirish uchun Kongress 22 martgacha yana oltita xarajatlar qonunini qabul qilishi kerak edi. Mudofaa, davlat va milliy xavfsizlikni moliyalashtirishni o‘z ichiga olgan ikkinchi paket bo‘yicha ovoz berish yanada qiyin bo‘lishi kutilgandi.
Konnektikut shtati vakili, Vakillar palatasi qo‘mitasidagi eng asosiy demokrat Roza DeLauro Kongress qonun loyihalarining yangi paketini qabul qilish «yo‘lida» ekanligini aytgan.
Mavzuga oid
21:34 / 27.11.2024
Xitoy va AQSh «uchga uch» formulasi bo‘yicha mahbuslar almashdi
19:34 / 27.11.2024
FQB tomonidan eng ko‘p qidirilgan shaxs Buyuk Britaniyada hibsga olindi
09:19 / 27.11.2024
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
23:52 / 26.11.2024