Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniya Moda kengashi o‘zbek milliy brendlarini targ‘ib qilishda yordam beradi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniya Moda kengashi direktori o‘rinbosari Devid Ley-Pemberton bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqot avvalida xorijiy tomon O‘zbekistonning to‘qimachilik sanoatining ulkan salohiyati va paxta yetishtirishdagi eng ilg‘or hamda samarali amaliyotlar bilan tanishtirildi.
Tomonlar hamkorlik istiqbollari, xususan, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida faoliyat yuritayotgan yirik biznes sub’yektlari va tadbirkorlarning Britaniya bozorlariga o‘z mahsulotlari bilan kirishi bilan bog‘liq masalalar xususida fikr almashdilar.
Britaniya Moda kengashi rahbariyatiga joriy yil 2-4 oktyabr kunlari O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan kreativ iqtisodiyotga bag‘ishlangan xalqaro konferensiyada qatnashish taklifi bildirildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston kiyim-kechak brendlarining Britaniya Moda kengashi tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashish masalalarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
18:29 / 27.05.2025
Argentina Britaniyani Folklend orollari bo‘yicha muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi
09:22 / 23.05.2025
Britaniyalik 500 dan ortiq o‘qituvchi O‘zbekistondagi maktablarga jalb qilinadi
10:39 / 20.05.2025
Britaniya, Fransiya va Kanada Isroilga «aniq choralar» bilan tahdid qildi
13:15 / 13.05.2025