Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston va O‘zbekiston Sirdaryoda 10 ta gidropost tashkil qiladi
Ularda zamonaviy suv hisoblagichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan.
Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri Nurjon Nurjigitov O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev bilan uchrashdi. Tomonlar ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Suv xo‘jaligi va irrigatsiya vazirligi xabar berdi.
Vazirlar o‘lchash stansiyalarini avtomatlashtirish va Sirdaryodagi suv hisobini raqamlashtirish masalalarini muhokama qildi. Qozog‘iston va O‘zbekiston 10 ta punkt (gidropost) bo‘yicha kelishib oldi, ularda zamonaviy suv hisoblagichlarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Nurjon Nurjigitov mazkur loyihani hamkorlikda amalga oshirish yuzasidan xalqaro moliya tashkilotlari va kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilayotganini ta’kidladi.
Tomonlar, shuningdek, Norin-Sirdaryo kaskadi suv omborlarining kelasi yilgi sug‘orishdan oldingi mavsumi uchun ishlash rejimlarini ham muhokama qildi.
Markaziy Osiyo davlatlararo suv xo‘jaligini muvofiqlashtiruvchi komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida suv omborlarini ishga tushirish bo‘yicha prognoz jadvali tuziladi va suv ta’minoti hajmlari tasdiqlanadi.
Bundan tashqari, tomonlar suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha Mintaqaviy strategiyani ishlab chiqishni muhokama qildi.
Mavzuga oid
14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi
22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi
16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi
08:31 / 09.05.2025