Zelenskiy Baydendan Tramp g‘alaba qozongan taqdirda kafolat so‘ramoqda
The Sunday Times gazetasining yozishicha, Ukraina «g‘alaba rejasi»da Tramp Oq uyga qaytsa, Kiyevning Rossiya shartlari asosida tinchlik o‘rnatishga majbur bo‘lishining oldini olish choralari mavjud.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQShga olib kelgan «g‘alaba rejasi»da respublikachi nomzod Donald Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan taqdirda Ukraina uchun kafolatlar ham bor. Bu haqda 22 sentabr kuni The Sunday Times nashri manbalarga tayanib xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Zelenskiy Oq uyda Jo Baydenning o‘tmishdoshi, shuningdek, Respublikachilar partiyasidan vitse-prezidentlikka nomzod Jyeyms Devid Vens Ukrainadagi urushni hududiy imtiyozlar orqali tugatishga va’da berganidan keyin «Amerikaning Kiyevni qo‘llab-quvvatlashini Trampdan himoya qilmoqchi».
Zelenskiy o‘z rejasini AQShning amaldagi ma’muriyati qo‘llab-quvvatlashiga erishishga urinib, agar Tramp Oq uyga qaytsa, o‘z mamlakatini Rossiya bilan noqulay tinchlik bitimiga majburlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka harakat qilmoqda. «Ukraina g‘alaba qozonishini istaydigan barcha amaldorlar o‘z lavozimida turgan bir paytda bularning barchasini bugun qilaylik», — deya Ukraina prezidentining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Britaniya gazetasi.
«Ukraina g‘alabasi rejasi»
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Amerika davlat rahbari Jo Baydenga to‘rt asosiy va bitta qo‘shimcha banddan iborat «Ukraina g‘alabasi rejasi»ni taqdim etadi. Zelenskiy CNN jurnalisti Farid Zakariyaga bergan intervyusida rejaning ayrim tafsilotlarini oshkor qildi. Suhbatdan parchalar 15 sentabr kuni «Ukrainskaya pravda» nashri tomonidan chop etilgan.
«Men bir nechta bandlarni tayyorladim. Ulardan to‘rttasi asosiy bandlar, plyus bittasi esa urushdan keyin bizga kerak bo‘ladi», dedi Zelenskiy. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap xavfsizlik, Ukrainaning geosiyosiy o‘rni, juda kuchli harbiy yordam, shuningdek, iqtisodiy yordam bo‘yicha qarorlar haqida bormoqda. «Agar prezident Bayden bizning rejamizni qo‘llab-quvvatlasa, u va uning jamoasi bizning pozitsiyamizni mustahkamlaydigan yana bir narsani qo‘shsa, biz tayyormiz», - deya qo‘shimcha qildi Ukraina rahbari.
Mavzuga oid
20:50 / 28.11.2024
Putin Trampni xavfsiz holatda emas deb hisoblamoqda
18:30 / 28.11.2024
Tramp Ukraina bo‘yicha maxsus vakilini tanladi. U urushni qanday tugatishni taklif qiladi?
17:32 / 27.11.2024
Kiyev va Moskva o‘rtasidagi tinchlik muzokaralari: u qanday ko‘rinishda bo‘lishi mumkin?
10:33 / 27.11.2024