Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bayden BMTda: Biz Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni rad eta olmaymiz
AQSh prezidenti BMT Bosh assambleyasi oldida so‘nggi bor so‘zlagan nutqida Ukrainaga Putinni mag‘lub etish, shuningdek, Yaqin Sharqda tinchlikka erishish uchun yordam berishga chaqirdi. Bundan tashqari, u yaqinlashib kelayotgan texnologik o‘zgarishlarni e’lon qildi.
AQSh Ukrainaning siyosiy kelajagi noaniq bo‘lgani uchun uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh torta olmaydi, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 79-sessiyasi oldida so‘zlagan nutqida. Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan keng miqyosli urush boshlanganidan beri AQShning NATO ittifoqchilari va hamkorlari, shuningdek, 50 dan ortiq boshqa davlatlar Rossiyaga qarshi chiqdi, dedi u 24 sentabr, seshanba kuni.
«Putin urushi muvaffaqiyatsizlikka uchradi»
«Yaxshi xabar shundaki, Putinning urushi muvaffaqiyatsizlikka uchradi va uning asosiy maqsadi ham amalga oshmadi, — deya ta’kidladi Bayden. — U Ukrainani yo‘q qilishni maqsad qilgan, ammo Ukraina hali ham erkin, NATO oldingidan ham kattaroq, kuchliroq va birlashgan».
Bayden Ukraina Rossiyaga qarshi urushda g‘alaba qozonmaguncha uni qo‘llab-quvvatlashga va’da berdi. U Ukraina va dunyoning boshqa mamlakatlariga yordamni jiddiy ravishda qisqartirishi mumkin bo‘lgan respublikachi Donald Trampning Oq uyga qaytishi ehtimolini tilga olib, Moskva bilan keyingi qarama-qarshilikda taslim bo‘lmaslikka chaqirdi.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025