Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
Xodimlarga ta’sir ko‘rsatgan radiatsion nurlanish darajasi yillik normadan oshib ketgan. Natijada Samsung zavodining ikki xodimi shifoxonaga yotqizilgan.
Samsung Electronics xodimlari xavfsizlik qoidalari buzilgani tufayli radiatsiyaga uchragan. Bu haqda Janubiy Koreya regulyatorlariga tayanib, Bloomberg xabar berdi.
«Samsung Electronics Co. yadroviy xavfsizlik qoidalarini buzgan holda yarim o‘tkazgichlar ishlab chiqaruvchi zavod xodimlari radiatsiya ta’siriga uchrashiga yo‘l qo‘yib bergan», — deyiladi xabarda.
Yadroviy xavfsizlik bo‘yicha komissiya kompaniyaga 10,5 million von (7,9 ming dollar) miqdorida ma’muriy jarima belgilanishini ma’qullagan.
Gap Samsungʼning Seuldan 40 kilometr janubda joylashgan Yonin shahridagi zavodi haqida ketmoqda. Ta’kidlanishicha, ko‘ngilsiz holat 2024 yilning mayida sodir bo‘lgan. Xodimlarga ta’sir ko‘rsatgan radiatsion nurlanish darajasi yillik normadan oshib ketgan. Natijada zavodning ikki xodimi shifoxonaga yotqizilgan.
Samsungʼning ma’lum qilishicha, kompaniya jabrlanganlarga yordam ko‘rsatadi va tergov bilan hamkorlik qiladi.
Eslatib o‘tamiz, iyun oyida Janubiy Koreyaning Samsung Electronics xodimlari kompaniyaning 55 yillik tarixida birinchi marta ish tashlash o‘tkazgan edi. Sentyabr o‘rtalarida esa Samsungʼning Hindistondagi 1,5 mingga yaqin ishchisi ish tashlash aksiyalarini o‘tkazishni boshlagandi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025