Toshkentda 63 yoshli erkak avtobusda vafot etdi
Bekatda turgan avtobus ichida uning sog‘lig‘i yomonlashgani ta’kidlanmoqda.
26 sentabr kuni Olmazor tumani, «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda 63 yoshli erkak vafot etdi. Bu haqda Toshkent shahri IIBB xabar berdi.
Qayd qilinishicha, soat taxminan 11.20 larda «Beruniy» metro bekatida turgan avtobusda yo‘lovchining (1961 yilda tug‘ilgan) sog‘lig‘i yomonlashib qolgan. Yo‘lovchiga havo yetmagani sababli avtobusdan tashqariga olib chiqilgan va tez tibbiy yordam chaqirilgan. Biroq yo‘lovchi tez tibbiy yordam mashinasi kelguniga qadar vafot etgan.
Holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilayotgani ta’kidlanmoqda.
Toshkent shahri IIBB YHXB erkak transport vositasi urib yuborgani tufayli vafot etgani haqida tarqalgan xabarlarni rad qildi.
Mavzuga oid
09:10
Toshkentda dorilar savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi
21:21 / 13.11.2024
Urganchga Xitoydan 30 dona zamonaviy avtobus olib kelindi
20:17 / 13.11.2024
Pokistonda to‘y avtobusi daryoga qulashi oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi
18:38 / 13.11.2024