O‘zbekiston | 13:50 / 26.09.2024
1804
2 daqiqa o‘qiladi
Turizm qo‘mitasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi
O‘zbekistonning chegara bojxona postlari hududida xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sog‘lomlashtirish muassasalari imkoniyatlari to‘g‘risida targ‘ibot kampaniyalari tashkil qilinadi.
“O‘zbekistonda tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Xalqaro qo‘shma komissiyadan (Joint Commission International) akkreditatsiyadan o‘tgan dastlabki 30 ta xususiy tibbiyot muassasasining akkreditatsiyadan o‘tish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi.
Turizm qo‘mitasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi:
- O‘zbekistonning chegara bojxona postlari hududida xorijiy fuqarolar uchun respublikadagi tibbiyot, sog‘lomlashtirish muassasalari imkoniyatlari to‘g‘risida targ‘ibot kampaniyalarini tashkil qilish;
- davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestrini shakllantirish va uni doimiy ravishda yangilab borish;
- toifali (yulduzli) mehmonxonalar tipidagi sanatoriylarni sertifikatlashtirilishini tashkil qilish;
- maxsus tibbiy va sog‘lomlashtirish turizmi yo‘nalishlari (marshrutlari)ni ishlab chiqish.
2025 yil 1 martgacha quyidagilar ishga tushiriladi:
- tibbiyot muassasalari, sanatoriylar va tibbiy turizm yo‘nalishida xizmat ko‘rsatuvchi turoperatorlarning xizmatlari sifati baholab borilishini nazarda tutuvchi reytingni shakllantirish uchun elektron platforma;
- davlat tili va xorijiy tillarda tibbiyot hamda sog‘lomlashtirish muassasalarining yagona reyestri.
Mavzuga oid
16:56 / 27.11.2024
SSV: O‘zbekistonda tibbiyot sohasini transformatsiya qilishda turkiyalik mutaxassislar yaqindan ko‘mak beradi
18:33 / 26.11.2024
“Judayam murakkab savol” - Qo‘chqorov tibbiyot xodimlarining maoshi haqida
17:27 / 26.11.2024
Qozog‘iston pasporti Markaziy Osiyoda eng kuchli deb topildi
13:24 / 21.11.2024