Jahon | 20:12 / 27.09.2024
1577
3 daqiqa o‘qiladi

Yaponiya hukmron partiyasiga yangi yetakchi tayinlandi

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi Sigeru Isibani o‘zining yangi raisi etib sayladi. 1 oktyabr kuni parlament tasdiqlovidan keyin u mamlakatning yangi bosh vaziriga aylanadi.

Foto: Reuters

Yaponiyaning hukmron Liberal-demokratik partiyasi 27 sentabr kuni Sigeru Isibani o‘zining yangi raisi etib sayladi. 1 oktyabr kuni parlament tasdiqlovidan keyin u mamlakatning yangi bosh vaziriga aylanadi.

To‘qqiz nafar nomzodning hech biri ko‘pchilik ovozni to‘play olmagani sabab ovoz berish jarayonlari ikki turda o‘tkazilgan. Birinchi raundda Isiba 154 ovoz to‘plab, Sanae Takaiti bilan ikkinchi raundga chiqqan. Ikkinchi raundda esa siyosatchi 215 ta ovozni qo‘lga kiritdi.

«Men xalqimizga ishonishni davom etaman, haqiqatni dalil va samimiy aytaman hamda Yaponiyani har bir kishi yana tabassum bilan yashaydigan xavfsiz davlatga aylantirish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman», — deydi siyosatchi saylanganidan keyin.

Parlamentda muddatidan oldin saylovlar bo‘lmaydi

Isiba aksariyat raqiblaridan farqli o‘laroq Yaponiya parlamentining quyi palatasida muddatidan oldin saylovlar o‘tkazishga va’da bermadi. Uning aytishicha, qonunchilik organini zudlik bilan tarqatib yuborish zarurati yo‘q. Rejali saylovlar 2025 yilning oktyabrida bo‘lib o‘tishi kerak.

Mazkur saylovlar Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Isiba uchun beshinchisi bo‘ldi — bundan oldin u 2008, 2012, 2018 va 2020 yillarda o‘z nomzodini ilgari surgan. Har safar siyosatchi Yaponiya xalqi orasida eng mashhur nomzodlardan biri hisoblangan, ammo o‘z partiyadoshlari tomonidan yetarlicha qo‘llab-quvvatlovni ololmagan. Oxirgi saylovlarga tayyorgarlik vaqtida bu oxirgi urinishi bo‘lishini va’da qilgandi.

Amaldagi bosh vazir Fumio Kisida ko‘plab mojarolar sabab saylovlarda ishtirok etishdan bosh tortgandi. Kisida ushbu «og‘ir qaror» mamlakatda «siyosiy islohotlarni oldinga siljitish» istagi sabab qabul qilinganini bildirgandi.

67 yoshli Kisida LDP raisi etib 2021 yilda saylangan edi, uning uch yillik vakolatlari sentabr oyida tugaydi. Saylovlarga qayta nomzodini qo‘ymaslik partiya ovoz berishida g‘alaba qozongan yangi yetakchi bosh vazir lavozimi egallashini anglatadi — chunki LDP parlamentda ikkala partiyani ham nazorat qiladi. Ushbu partiya 1955 yildan beri hokimiyatni uzluksiz boshqarib kelmoqda.

Mavzuga oid