O‘zbekiston | 08:56 / 28.09.2024
2020
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi

O‘zbekiston Afrikaning yana bir davlati - Botsvana bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. 

Foto: TIV

O‘zbekiston 153-davlat — Botsvana (Janubiy Afrika) bilan diplomatik aloqa o‘rnatdi. Bu haqda Nyu-Yorkda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va Botsvana TIV rahbari Lemogang Kvape qo‘shma kommyunikeni imzoladi.

«Botsvana yillar davomida jadal iqtisodiy o‘sishga erishib kelayotganini yuksak baholaymiz. Ikki mamlakat davlat va xususiy sektor vakillari o‘rtasida faol hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldik», — dedi O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘zining Telegram kanalida.

Avvalroq Nyu-Yorkda Burundi, Kabo-Verde va Seyshel orollari bilan ham shunday hujjatlar imzolangan edi.

Mavzuga oid