Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Stadler kompaniyasidan poyezdlar sotib olishi mumkin
O‘zbekiston Yevropaning Stadler kompaniyasidan ikkita harakatlanuvchi tarkib xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov ma’lum qildi.
“O‘zbekiston-2030” rivojlanish strategiyasida har yili harakat tarkiblarini yangilash belgilangan.
Ilhom Mahkamovning aytishicha, kupe, platskart yo‘nalishida va o‘rindiqli harakat tarkiblarini xarid qilish uchun alohida dastur qilingan. Bunda O‘zbekiston bo‘ylab 5 soatgacha bo‘lgan yo‘nalishlarda elektropoyezdlarni xarid qilish ko‘zda tutilgan.
Joriy yilda Xivaga qadar temiryo‘l tizimini elektrlashtirish yakuniga yetkaziladi. U yo‘nalishda xarid qilinadigan Janubiy Koreyaning Hyundai Rotem harakat tarkiblari yo‘lga qo‘yiladi. Bu hamma talablarga javob beradigan harakat tarkiblari.
Bundan tashqari, Yevropaning Stadler kompaniyasidan ikkita harakat tarkibi xarid qilinmoqda. Bu O‘zbekiston yo‘llarida ko‘rib, ishlatilganidan so‘ng, uni kattaroq ko‘lamda son jihatdan ko‘proq xarid qilish qarori qabul qilinadi.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025